Zubturum. Glabal muammo me’da, ichak kasalliklari.

Boʻyi 40-45 smgacha boʻlib, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Ildizpoyasi kalta, yoʻgʻon har tomonga ingichka-ingichka chiqaradi. Barglar serbarg, tuxumsimon yoki elepsimon shaklda, yaxlit, ba’zan pastki qismi sal tishli, uzunligi 12 smgacha boradi, bandli. Gul barglari tik oʻsadi, uchun uzun boshoqcha chiqardi. Gullari mayda, koʻrimsiz, gultojisi kulrang-qoʻngʻir tusli. Mevasi-ichida tuxumsimon shaklli mayda-mayda urugʻlari boʻladigan koʻsakcha. May oyidan boshlab gullaydi, mevalari avgust-sentabrda yetiladi.

Ta’siri va qoʻllanilishi: xalq tabobatida bu oʻsimlikdan me’da, ichak va oʻpka xavfli oʻsimtalariga davo qilish uchun foydalaniladi. Undan tayyorlangan galen preparatlar jigar, buyrak kasalliklari, diabet, koʻz kasalliklari, qon ketar mahalida, shuningdek farzandsizlikda ham naf beradi, ildizidan tayyorlangan damlamani isitma, yoʻtal mahalida, sil bilan ogʻrigan kasallarga buyuriladi, zaharli hashorotlar va ilon chaqqanda ogʻtiqni qoldiradigan vosita ta’riqasida ishlatiladi. Yanchilgan urugʻi surunkali ich ketarga yaxshi davo boʻladi, deb hisoblanadi. Ibn Sino zubturum barglaridan yara-jarohatlarni bitiruvchi, qon toʻxtatuvchi vosita tariqasida foydalangan, urugʻlaridan esa qon tuflash mahalida, jigar, buyrak kasalliklarida, shuningdek ichak yaralari va ichketarga davo qilish uchun ishlatiladi. Zubturum oʻsimligidan ezib olingan sharbati oʻpka silida, bezgakda, qon qusishda, nafas qilishda, quyonchiqda, tutqanoqda yaxshi naf beradi hamda jigar, buyrak, taloq quvvatini oshirish bilan birga ulardagi tiqinlarni ochadi, hazmni yaxshilaydi, vabosilda (gemaroy), ayniqsa qon ketganda juda yaxshi yordam beradi. Oʻrta Osiyo xalq tabobatida zubturumning ishlatiladigan oʻrni koʻp: ichburuq, vabosil, kolit kasalliklarida, qon tuflash mahallarida, shuningdek suzakda buyuriladi, barglaridan tayyorlangan damlamani oʻpka silida va raki, bronxit mahalida ishlatiladi,ishtahani ochib, odamni tetiklashtiradigan vosita tariqasida tavsiya etiladi koʻz kasalliklarida koʻzga qoʻyiladi, urugʻlaridan tayyorlangan damlama bolalar ichi buzilganda beriladi, issiqni tushiradigan vosita sifatida ishlatiladi; yangi barglari chipqon va boshqa yara-chaqalarga qoʻyiladi.

Zamonaviy tabobatda: bu oʻsimlikning barglaridan tayyorlangan 20%li ekstrakti yara-jarohatlar bitishga yordam berib, yiring chiqishini kamaytirishi, toʻqimalarning et olishini tezlashtirishi, arterial qon bosimini pasaytirib, tinchlantiradigan va uxlatadigan ta’sir koʻrishi aniqlangan. Zubturumdan tayyorlangan galen priparatlar qon toʻxtatadigan, balgʻam koʻchiradigan, bakteriyalarning koʻpayishini toʻxtatib qoʻyadigan, siydik haydaydigan ta’sirga ham egadir. Zubturum urugʻlari qondagi qand miqdorini kamaytirib, ich ketishni bosish xususiyatiga ega. Zubturum gipoasid gastrit, enterokolit, me’da va oʻn ikki barmoq, ichak yara kasalligi, shuningdek oʻpka sil, koʻk yoʻtalga davo qilish uchun buyuriladi.