Yong’oqning foydali jihatlari

Yong’oq-shoh-shabbasi yog’ilib o’sadigan, bo’yi bazan 60 m ga ham boradigan daraxt. Tanasining po’stlog’i och qulrang tusda, qari daraxtlarda chuqur-chuqur yoriqlari bo’ladi. Barglari navbatma-navbat joylashgan, tok, patsimon bandli. Gullari mayda, bir jinsli,yashil tusli, uzunligi 10 sm gacha boradigan to’p gullar- kuchalar xosil qiladi. Mevasi- aksari deyarli dumaloq, goh ellipssimon shaklda, har xil kattalikda bo’ladigan danakli soxta meva, tashqi po’sti etdor, yashil tusli, yetiladigandan keyin qorayib, kattalashib qoladi. Yong’oqning mag’zi yupqa mag’iz bilan qoplangan. Aprel-mayda gullaydi, mevalari avgustoyida- sentabrda yetiladi. Yong’oq barglari gidroyuglonlar va bularning glikozidlari, flavonoidlar, vitamin C, P va B, karotin, efir moyi, oshlovchi moddalar bor. Mevasining ko’k po’stida hamvitamin C, oshlovchimoddalr topilgan. Mag’zida yog’li moy, vitamin C, E, B, temir va kobolt tuzlar bor. Mevalari yosh g’o’ralimaxalida xuddi na’matak singarivitamin C ga juda boy bo’ladi.
Ta’siri va qo’llanilishi; xalq tabobatida yong’oqning gullari, barglari, yetilmagan g’o’ralari, mevalarining po’stlari, yong’oq, po’chog’i, mag’zi, mag’zining orqasida bo’ladigan to’siqlari va moyidan foydalaniladi. Yong’oqning g’o’rasidan tayyorlanadigan murobbo gipertoniya, qandli diabetga davo bo’ladi, g’o’rasini o’zini kamqonlikda, mag’zining orasidagi to’siqlaridan tayyorlanadigan damlamani despepsiya, surunkali kolit, gipertonoya, qandli diabetda; yangi o’sib olingan barglarining suvining yallig’lanishga qarshi sirtga qo’yish uchun buyuriladi. Yanchilgan yong’oq, mag’zini asalga aralashtirib berish xalq tabobatida qadimdan rasm bo’lgan, yong’oq moyi esa siydik-tosh kasalliklarida, yurak va buyrak kasalliklaritufayli paydo bo’ladiganshishlarda ham ishlatiladi. Barglaridan tayyorlangan damlamani me’da yarasi, ateroskleroz, yiringli otitlarda buyurilgan angina, stomatitlar, gingivitlar, paradontozda esa og’iz, tomoqni chayish uchun berilgan. Yong’oq mag’zini anjir bilan qo’shib yeyilsa, ko’pgina zaharlarning kuchini qirqadigan yaxshigina davo bo’ladi. Soch to’kilmasligi va yaxshi o’sishiuchun bosh barglaridan tayyorlangan qaynatma bilan yuviladi. Yolg’oq mag’zini mayda yanchib, nishon, xuppozlarga malham qilib qo’yiladi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino yong’oq haqida shunday fikr bildiradi; yong‘oq bargi shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan, po‘stidan tayyorlangan qaynatmani esa bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.
Mag‘zi. Yo‘ng‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, S, A, R, E kabi vitaminlar mavjud. Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, buning uchun kuniga 10-12 ta yong‘oq eb turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, mag‘zini maydalab, asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga quvvat beradi. Shuningdek, prostata bezi yallig‘lanishi, adenoma, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining oldini olishda ham yong‘oq eyish tavsiya qilinadi. Ateroskleroz, yurak-qon tomir dardlari, semizlik, kamqonlikka duchor bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq bebaho ko‘makchi.Mag‘zidagi fosfor va kalьtsiy raxitning oldini olishda foydali. Unda magniy ham mavjud, tomirlarni kengaytirish va peshob haydash xususiyatiga ega.Kislotalilikning oshishi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong‘oq chaqib yeyish kerak.O‘t yo‘llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag‘iz eyish tavsiya etiladi. Muhammad Xusayn ibn Muhammad al-Oqiliy “Davolar xazinasi” asarida yong‘oqning badanni yumshatishi, qattiq moddalarni so‘rib olishi, me’da ishini yaxshilashi, miya, yurak va jigarni mustahkamlashini aytgan.
Bargi. Xalq tabobatida yong‘oq bargi shirasini temiratki, ekzema, har xil turdagi teri sili, yuqumli, yiringli kasalliklarda davo sifatida ishlatilgan. Barg damlamasi tepki, teri kasalligi, raxit, ich ketganda naf beradi:Yangi bargini siqib, suvini terining zamburug‘li kasalliklarida ishlatish mumkin.Ichak disbakteriozida 10 gramm quritilgan yong‘oq bargi 1 litr qaynagan suvda 15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 stakan ichiladi. Gijjalarni tushirish uchun 1 oshqoshiq quritilgan yong‘oq bargini bir stakan suvga solib o‘rab qo‘ying, 2 soat o‘tgach, suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan ichiladi.Agar qo‘l tez-tez terlasa yong‘oq bargi qaynatilgan suvda yuvish lozim. Milk yallig‘langanda esa bargidan tayyorlangan damlama bilan og‘iz chayilsa shifo bo‘ladi.

Zamonaviy tabobatda; yong’oqdan olinadigan yug’lon degan preparat yallig’lanishga, mikroblarga qarshi, yara jarohatlarni bitiradigan vosita tariqasida ishlatiladi. Yong’oq mag’zi va moyidan ateroskleroz, gepatit, surunkali kolit, anemiya, raxit, gipertoniyaga davo qilishda foydalaniladi. Barglaridan olinadigan flavonoidlarning qon bosimini tushiradigan spazmlarni biartaraf etadigan va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatishi hayvonlar ustidagi tajribalarda aniqlangan