Yantoq u nima ?

Yantoq-bo’yi 100 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimono’simlikdir. Ildizikuchli rivojlangan, poyasitik o’sadi va unda bir talay tikanlari bo’ladi, poyasining pastki qismi yog’ochlanib boradi. Poyasining pastki qismida joylashgan tikanlari qattiq va kalta bo’lsa, uchki qismida joylashgan tikanlar uzun va yumshoq bo’ladi. Barglari nashtarsimon, qisqa bandli bo’lib, poyalaridan navbatma-navbat joy olgan. Gullari kapalaksimon, binafsha rang, oq pushti yoki qizil. May-sentabrda gullaydi, mevalari avgust-oktabrda yetiladi. Bu o’simlik tarkibida 0.8% efir moyi, steroidlar bor. Ildizlarida 0.19% atrofida alkaloidlar, vitamin C, 0.19% kumarinlar, 3.9% oshlovchi moddalar bo’ladi. Yer ustki qismida efir moyidan tashqari organik kislotalar, kauchuk, alkaloidlar, B gruppa vitaminlari, shuningdek, vitamin K, karotin, oshlovchi moddalar, kateninlar, flavonidlar bor. Shoxlari va tikanlarida vitamin C, K, kumarinlar, oshlovchi moddalar, barglarida rutin, gullarida efir moylari, mevalarida oshlovchi moddalar bor .
Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida yantoq ildizlaridan qaynatma ko’rinishida bavosil, ichburug’, jigar kasalliklarida, me’da yarasida davo qilish uchun va o’t haydovchi, siydik haydovchi, siydik haydovchi hamda surgi tariqasida foydalaniladi. Yer ustki qismida galen preparatlari ko’rinishidakolitlar, gastridlar, me’da yara kasalligi, ichburug’, burun-halqum kasalliklari, angina, yiringli otitlarda, o’t haydovchi, chanqoqni qoldiruvchi, burishtiruvchi vosita sifatida shuningdek, bachadon bo’yi eroziyalari, qo’l-oyoqlar gush kasalliklarida davo qilish uchun ishlatiladi. damlamasidan jarohatlarni bitishiga yordam beradigan vosita tariqasida va vabosilda vanna ko’rinishida tavsiya qilinadi. Bundan tashqari surgi dori, siydik haydaydigan , issiqni tushiradigan vosita tariqasida bolalarga hamberiladi. O’rta Osiyo va Ozarbayjonda Turkmanistonda gullaridan chanqoqni qoldiruvchi, ter chiqishini kamaytiradigan vosita tariqasida choy qilib ichlatiladi. Abu Ali ibn Sino yantoqning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasidan terlatuvchi, yo’talga qarshi va surgi vositasida foydalanishni tavsiya etadi.
Yantoqni sharbat oshqozon-ichak kasalliklarida foydalaniladi.Yantoq infeksion oshqozon-ichak trakti kasalliklarini, bakterial patogenlar keltirib chiqaradigan oshqozon-ichak trakti kasalliklarini oldini olish va davolash uchun ishlatiladi. Ushbu dorilar kolit, dizenteriya, yo’g’on ichak va o’n ikki barmoqli ichak yallig’lanishini, oshqozon yarasini, o’t pufagining yallig’lanishini davolashadi. Yantoqni och qoringa iste’mol qilinsa, ich ketishini kuchaytiradi. O’tkir og’iz kasalliklarida ham yantoq damlamasini chayqab turishni ham foydasi bor, og’iz bo’shlig’ining turli xil yallig’lanishini davolashda ishlatiladi Yiringli otit bilan og’rigan bemorlarga yantoq tomirini damlama qilib iste’mol qilinsa, bachadon bo’yni eroziyasi bilan og’rigan bemorlarga tavsiya qilish mumkin. Yantoq sovuqqonlik uchun diaforetik, antipiretik sifatida ishlatish mumkin, terining yiringli shikastlanishi, jarohatlar, kuyishlarda qo’llaniladi. Yantoqni vannalar revmatizm, artrit, podagra, qo’shma og’riqlar, raxit uchun samarali vositadir. Gemorroyni davolashda ham foydalanish mumkin. Ushbu kasallikdan, yantoqli vannalar ham qilib turish mumkin
Zamonaviy tabobatda:bu o’simlikdan tayyorlanganqaynatma va damlamaning terlatadigan, qon ketishini to’xtaatdigan, yallig’lanishga qarshi, bakteriostatik, siydik va o’t haydaydigan, icni yumshatadigan, jarohatlar bitishini to’xtadigan, burishtiradigan ta’siri borligi aniqlangan.