Xushbo’y xidli rayhon

Posted byNasiba Posted onMay 18, 2020 Comments0
1493497410 Rayxon

Rayhon-o’ziga xos muattar xidi bo’ladigan, bo’yi 45-80 sm ga boradigan ko’p yillik yoki bir yillik o’tsimon o’simlik yoki yarim buta. Yer yuzida rayhonning 150 ga yaqin turi uchraydi, bular subtropik va tropik mamlakatlarda yovvoyi xolda tarqalgandir. Jahonning ko’pgina mamalakatlarida rayhonning ba’zi turlari efir moylari olish uchun bir yillik ekin tariqasida ekiladi. Ildizi kuchli shoxlanadigan o’simlik. Poyasi tik o’sadi, ko’p shoxlanadi, barglari kalta bandli, ellipssimon yoki tuxumsimon, kalta-kalta oqish tuklar bilan qoplangan, uzunligi 2-4 smga boradi. Gullari poyalarining uchlarida 6-10 donadan bo’lib shingilsimon to’p gullar xosil qiluvchi soxta guj gullarga to’plangan. mevasi to’rtda urug’dan tashkil topgan. Iyuldan sentabrgacha gullaydi. Mevalari sentabr-noyabrda yetiladi.

Rayhon juda kam o’rganilgan. Rayhonning hamma turlarida anchagina miqdorda efir moyi bo’lishi aniqlangan. Yer ustki qismida tarkibida 11.5-6% atrofida kamfora moyi bor, bu moyning salkam 70% i kamforadan iborat. Rayhonda efir moyi, bundan tashqari, sineol, linalon, osimen, pinen va boshqa terpenlar uchraydi. Rayhonning yer ustki qismlarida bundan tashqari, 6% gacha oshlovchi moddalar, glikozidlar, saponinlar, 150 mg% atrofida vitamin P, 3.2-3.5% atrofida vitamin C va 3-8.7% atrosida vitamin A borligi aniqlangan.

Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida rayhonning qirqilgan barglari, shirasi, yosh novdalari va yer ustki qismlaridan tayyorlangan suvdagi ekstraktlari yallig’lanishga qarshi, siydik haydaydigan, jarohatlarning bitishiga yordam beradigan, yo’talga qarshi, hashorotlarni cho’chitadigan, badbo’y xidlarni yo’qotadigan va dizenfeksiya qiladigan vosita tariqasida qo’llaniladi.

Rayhon o’tidan suvda tayyorlangan ekstraktlarni yuqori nafas yo’lllarining yallig’lanish kasalliklarida, xronik gstritlar, enterokolitlar va ovqatdan zaharlanish mahallarida ishlatiladi.

Bolgariyada rayxon o’tidan tayyorlangan damlamadan siydik chiqarish yo’llarining yallig’lanish kasalliklari, shamollash, angina, isitmaga davo qilish uchun, yangi barglarining suvidan esa o’tra quloqning yiringli yallig’lanishiga davo qilish uchun ishlatiladi.

Ibn Sino fikriga qaraganda, rayhon suvi yurakni mustahkamlaydi, o’pkadagig’oborni olib, qon ketishini to’xtatadi, emizikli onalar suti ko’payishiga yordam beradi, ich dam bo’lganda yaxshi kor qilib, siydik haydovchi ta’sir ham ko’rsatadi. bundan tashqari ilon, chayon chaqqan joylarga urug’i qo’yiladi, peshob tutilib qolgan mahallarda urug’i ichilsa, durustgina yordam beradi.

Rayhon uni yeyilsa- miyadagi to’qimalarni ochadi, hamma a’zolardagi shishlarni bartaraf qiladi, yurak o’ynashi, me’da zaifligi v anochorligiga shifo bo’ladi, shuningdek yomon bodlarlarni badandan haydaydi. Agar rayhon bargining suvini shakar bilan shirin qilib iste’mol qilinsa, ko’krak osti a’zolari, nafas olishdagi qiyinchilik va yo’tal barham beradi. Agar rayhonni chaynasa yoki suvi bilan chayilsa, og’iz ichining achishini, uni og’iz pishishi ham deyishadi, bartaraf etadi. Rayhonni suvida bir kecha ivitib qo’yib, ertasi o’sha suv ichilsa, badanning issiq a’zolarini sovuqqa aylantiradi, kuch bag’ishlaydi. Rayhon hidlansa, issiqdan bo’lgan bosh og’rig’iga, shuningdek safar chog’ida bosh og’rig’i paydo bo’lsa, og’riqlarni bosadi. uning hididan zararli jonzotlar qochadi. Shuningdek, suvida qaynatib suvi ichilsa ham ketayotgan ichni to’xtatib, bemorning holatini yaxshialaydi.

Zamonaviy tabobatda; rayhon tinchlantiruvchi vosita tariqasida qo’llaniladi, nafas funksiyasi funksiyasi susayib qolganda, umumiy tonusni kuchaytiradigan vosita tariqasida asteniyada, qon aylanishini izdan chiqarish paytlarda ishlatiladi. Rayhonning tonusni kuchaytiradigan ta’siri tarkibida kamfora va xaliqol borligiga bog’liq. Yangi olingan rayhon suvi o’tidan tayyorlangan damlamasi (1:10) nisbatda 0.5-2 kg hisobidan quyonga ichirilganda qon ivishini kuchaytirganligi, me’da bezlari ishini jonlantirganligi, me’da bezlariishini jonlantirganligi aniqlangan. Rayhon me’da shirasi chiqishini kuchaytirishdan tashqari, koagulyasiyalovchi ta’sir ham ko’rsatadi. Rayhonning ochilmagan to’pgullari, barglari oshko’k o’rnida ovqatga ko’p ishlatiladi.

Category

Leave a Comment