Xalq tabobatida jag’-jag’

Posted byNasiba Posted onAprel 22, 2020 Comments0
960 80 8dc751e36a2ac49f7c1de3822d52d92f

Jag’-jag’- bir yillik yoki qishlab qoladigan o’tsimon o’simlik, bo’yi 60 sm gacha boradi, duksimon shakli ingichka ingichka ildiz chiqaradi. Poyalari tik o’sadi, ba’zan ancha shoxlaydi. Poyalaridan chiqaradigan barglari ildiz poni barglariga qaraganda maydaroq, navbatma-navbat joylashgan, uzunchoq, nashtarsimon. Gullari mayda, ko’rimsiz, qiyshiq holda yuqori tomon ko’tarilib boradigan uzun-uzun bandli, meva bugish vaqtida juda uzayib ketadigan shingil hosil qiladi, shingillari poyalarining uchida va shoxlarida bo’ladi. Mevalari- teskari tuxumsimon, uchburchakli shaklda bo’ladigan ko’p urug’li meva . Apreldan boshlab kuzgacha gullaydi, mevalari iyundan yetila boshlaydi. Bu o’t tarkibida gissopin, ramnoglikozid, bursat kislata, oshlovchi, moddalar, fumarat kislota, olma va may kislotalari, xolin, asetilxolin, tiramin, vitamin C, B1, inozit, karotinlar, saponinlar, mikroelementlar va boshqa moddalar bor. Urug’laridan anchagina miqdorda(28% gacha) yog’ bo’ladi.

Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida jag’-jag’ o’tini o’pka, bachadon, me’da ichakdan qon ketganda, qon to’xtatuvchi vosita tariqasida, shuningdek badan jarohatlanganda, isitma vaqtida, ichketar mahalida ko’p ishlatiladi. Jigar, buyrak va qovuq kasalliklarida hamda moddalar almashinuvi buzilgan mahallarda qaynatmasi yoki barg va poyalarining yangi olingan suvi(oddiy suvga aralashtirib) buyuriladi. Hindiston tabobatida jag’-jag o’tidan qusishga qarshi, burishtiradigan, siydik haydaydigan vosita tariqasida, qonketar, istisqo, ichketar mahallarida foydalaniladi. Viloyatimizdagi tabiblar bu o’tni bachadondan qon ketayotgan paytlarda, me’da yarasi va raki, bachadon fibromiomasi va boshqa o’smalarda ham bo’yida bo’lishdan saqlaydigan vosita tariqasida buyuriladi.

Davolash usulalari:
Ko’pincha davo maqsadida jag’-jag’ning 70 foizli spirtda eritilgan suyuq ekstrakti ishlatiladi. Uni bir kunda 20-25 tomchidan 3 mahal tug’ruqdan keyingi va hayz davomidagi uzoq muddatli qon ketishlarda bemor ayollarga berish mumkin.
Bachadon adenomasida 1 osh qoshiq mayda to’g’ralgan jag’-jag’ni 200 ml qaynagan suvga solib, 4 daqiqa davomida qaynatish lozim va biroz sovigach, darhol ichish kerak.
Tug’ruqdan keyingi bachadon atoniyasida (qisqarmagan bachadon ko’p qon yo’qotadi) 1 osh qoshiq quruq ko’kat ustiga 200 ml qaynagan suv quyib, 45 daqiqa davomida damlab qo’yish lozim. Uni 1 osh qoshiqdan uch mahal ovqatdan oldin ichish kerak.
Siydik pufagi, buyrak kasalliklarida 40-50 ml maydalangan ko’katni 1 l qaynagan suvga solib, 30 daqiqa tindirib qo’yiladi. Tayyor bo’lgan damlamadan 1 osh qoshiqdan kuniga uch marta ichiladi.
Jigar va o’t pufagi kasalliklarida dorivor malham quyidagicha tayyorlanadi: 40-50 g ko’katni 1 l qaynagan suvga solib, qaynatish kerak.
Umurtqa churrasida 1-2 choy qoshiq jag’-jag’ sharbatini asal bilan aralashtirib, bir kunda 5-6 marta ovqatdan keyin tanovul qilish lozim.
Qorin dam bo’lishida 2-3 osh qoshiq quruq mevalarni 200 ml qaynagan suvga solib, damlamani kuniga 1 osh qoshiqdan 3 marta iste’mol qilish lozim.
Klimaks davrida jag’-jag’ o’simligi sharbatining 40-50 tomchisini 1 osh qoshiq suvga solib ichiladi.
Burundan qon ketishida (jarohat yoki biror kasallikning asorati bo’lishi mumkin) 2-3 choy qoshiq quruq o’simlikni 200 ml qaynagan suvga solib, 10 daqiqa tindirib qo’yiladi. So’ng undan har kuni 400-800 ml iste’mol qilish lozim.
Tug’ruqdan keyingi og’riqlarda qon to’xtatish vositasi sifatida 20-30 tomchidan kuniga 4-5 marta ichiladi.

Zamonaviy tabobatda: jag’-jag’ o’tining preparatlari sezilarli darajada qon to’xtatuvchi ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Ular bachadon silliq muskullariningqisqaruvchanligini kuchaytiradi. Barglari ancha kuchli fitonsid xossalarga ega, ichak harakatlarini kuchytiradi, ekstratlari esa qon bosimini pasaytiradi. Bu o’tning damlamasi va suyuq ekstakti ayollar kasalliklarida, bachadon atoniyasida va qon to’xtatuvchi vosita tariqasida ishlatiladi. Qaynatmasi ichburug’, bezgak, o’pka sili, yurak,jigar kasalliklari, shamollash kasalliklarida, ichketar mahalida va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Ekstraktlari qon bosimini pasaytirishdan tashqari, qon ivishini tezlashtirishi tajribalarda aniqlangan. Spirt va suvda tayyorlangan tinkturalari bakteriyalarga qarshi ta’sir ko’rsatadi.

Category

Leave a Comment