Vitaminlarga boy meva malina

Malina- bo’yi 100 sm gacha boradigan ba’zan 150 sm gacha boradigan buta. Shoxlari jigarrang tusli tikanlar bilan ancha qalin qoplagan. Ildiz o’simtalari bilan oson ko’payadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, patsimon, shaklan serbarg tuxumsimon yoki cho’zinchoq tuxumsimon, ustki tomoni yalong’och, yashil rangda, barglarining pastki tomoni mayda-mayda oq, tukchalar bilan qalin qoplangan, kumushsimon kulrang tusda ko’zga tashlanadi. Gullari-mayda ulardan oldinida oq, rangda bo’lib, konussimon tarzda o’sib boradigan pushti rangli mevalar yetiladi. Malina mevalari xo’lligicha, quritigan holda, murobbo ko’rinishida iste’mol qilinadi, ancha qimmat dori xomashyosi bo’lib hisoblanadi. May-avgustda gullaydi, iyun-avgustda mevalari yetiladi. Malina mevalarida qand moddalari(glukoza, saxaroza, fruktoza va boshqalar), organik kislotalar (limon, olma kislota, salisilat kislota va boshqalar), bo’yoq moddalari, efir moylari(malinaning o’ziga xos xushbo’y hidi ko’proq, shu efir moylariga bog’liq), vitamin C va oz miqdor vitamin B bor, ularda oshlovchi moddalar ham topilgan.

Ta’siri va qo’llanilishi; quritilgan malina mevalari ustiga o’n hissa qaynoq suv solib, tayyorlangan damlamadan ichilsa, terlatadigan dori sifatida qo’llanilgan. Malinaning shifobaxsh xususiyatlari: 1.100 gr. mevasida 42 kilokaloriya mavjud bo`lgan bu meva qomatingizga xavf solmasdan, salomatligingizga koni foyda bo`ladi. 2. Yangi mevasi, quritilgani, murabbosi va bargi gripp, shamollash kabi xastaliklarni davolashda eng samarali vosita sifatida foydalaniladi. 1-2 choy qoshiq quritilgan malina mevasini 1 stakan qaynagan suvga solib, biror daqiqalardan so`ng issiq holida iching. Yoki malina murabbosi solingan choy ichib, o`ranib yotsangiz, shamollash oson chekinadi. 3. Ushbu rezavor meva gastrit, kamqonlik, gipertoniya, yurak qon-tomir xastlaliklarini davolashda ham qo`llaniladi. Ichak yallig`lanishlari, gastrit bezovta qilsa, malina sharbati iching. Malinani ezib, dokadan o`tkazing. Kuniga 50-100 ml.dan 3 marta ovqatdan oldin qabul qiling. 4. Bargi va guli ayollarga xos kasalliklarga davo bo`ladi. 10 gr. quritilgan guli va bargini 200 ml. qaynagan suvda qaynatib, 30 daqiqa tindiring. Keyin suzgichdan o`tkazib, iching. 5. Doimiy bosh og`rig`idan shikoyat qilsangiz, malina mevasini suvga solib qaynating-da, tayyor bo`lgan kompotdan kuniga 1-1,5 litr iching. 6. Hayz kunlarida ham malinali choy joningizga oro kiradi. U og`riqni pasaytirib, nozik davringiz engil o`tishiga ko`maklashadi. Shu bilan birga, asablaringizni ham tinchlantiradi. Malina barglaridan esa ular yallig’lanishga qarshi vosita tariqasida foydalanishgan va me’da-ichakkasalliklari, ichketar,nafas organlari kasalliklari, ko’z kasalliklari, tomoq og’rigida chayish uchun malina barglaridandori tayyorlashgan. Xalq tabobatida malina barglari, mevalari va poyalaridan nevrasteniya, mahallarida ichiladi, damlama va qaynatmalar tayyorlanadi. bunday damlama va qaynatmalar hayz vaqtida ko’p qon ketadigan mahallarda ancha naf beradi, malina barg va mevalaridan tayyorlangan damlamalar esa vabosil va gepertoniya kasalliklriga ham davo bo’ladi.
. Zamonaviy tabobatda; malina mevalari yallig’lanishga qarshi, issiqni tushiradigan va terlatadigan vositasi tariqasida ko’p ishlatiladi. Malinaning tillarang stafilokokk degan mikroblarning o’sishini to’xtatib qo’yishi tajribada aniqlangan. Infeksion kasalliklardan tuzalib kelayotgan bemorlarga malina mevalari ancha quvvat bo’lib, ko’ngilni ochadi. Malinaning issiqni tushiradigan ta’siri uning tarkibidagi salisilat kislotaga bog’liq ekanligi isbotlangan. Ba’zi olimlar malina gullari,mevalari va barglaridan skelerozga, yallig’lanishga qrashi va sevitamin vosita tariqasida foydalanishni tavsiya etadilar, ularning fikricha, malina gepertoniya kasalligi va shamollashga qarshi ancha yaxshi davo bo’ladi.