Vabosil ( gemoroy) kasalligini davolashni bilasizmi?

Posted byNasiba Posted onAprel 25, 2020 Comments0
Babasil 1

To’g”ri ichak va orqa chiqaruvchi yo’li tomirlarining varikoz kelgayishi-vabosil kasalligining xarakterli belgisidir. Surunkali qabziyat, uzoq vaqt o’tib ishlash, tomirlarning o’sma yoki hamilali bachadon bilan bosilishi natijasida to’g’ri ichak va kichik chanoq tomirlarida qon dimlanishi ushbu kasallikni keltirib chiqaradi. Vabosil bilan ko’pincha o’rta va keksa yoshdagi kishilar, ko’proq erkaklar kasallanadi va ba’zan yoshlar ham kasallikka uchrashi mumkin.

Ayollarda bu kasallik homiladorlikda, ko’z yorishi og’ir kechgan damlarda, shuningdek, o’tkir ta’sir etuvchi oziq-ovqatlar, garmondori, qora murch, sirkalarni ko’proq iste’mol qiluvchilarda ham bu kasallik ko’proq uchraydi. Vabosil ko’pincha asta-sekin rivojlanadi. Uning dastlabki belgilari quyidagilardir: orqa chiqaruvchi yo’li achishsa bemor xojatga borganda qiynalsa, axlatda qon ko’rinsa yoki gemorrodial tugunlar paydo bo’lsa, darxol vrachga murojat qilish zarur.

Vabosil kasalini xalq tabobatida quyidagicha davolash tavsiya etiladi.

Abu Ali ibn Sino aloy o’simligini siqib, sabur shirasini olgan, uni aloe bilan aralashtirgan va hosil bo’lgan malhamdan vabosilni davolashda muvoffaqiyatli foydalangan. Aloe bargalarining shirasiga kastor moyi aralashtirib, undan har kuni to’g’ri ichakka 3-4 mahal surish ham tavsiya e’tiladi. Mazkur moyni surihsdan oldin orqa chiqaruv a’zolarini yaxshilab yuviladi, shundan so’ng surtilgan mahal ijobiy natija beradi.

Semizo’ti o’simligi vabosilga davo hisoblanadi. Uning tarkibida ko’p miqdorda C vitamini, qand alkaloidi, glikozid, fosfor va kalsiy unsurlari borligi sababli shifobaxshdir. Ibn Sino uning shirasini ichdan qon ketish, qon tupurishdaga qarshi ishlatgan. Uni yo’g’on va to’g’ri ichakka yuborish yo’li bilan ham vabosilni davolagan. Lekin qon bosimi yuqori yuradigan kishilarga bu giyohni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Vabosilni davolashda yana sharq tabobatida yantoqning qurigan sarimsoq bilan teng aralashmasini yonlariga loy surtilgan teshik chelakka tutib-qo’yib, uning dudiga o’tirish tavsiya etilgan. Har kuni 10-15 minut mana shu kabi usulni qo’llash ham ushbu kasalliklni davolashda katta o’rin tutadi.

Zubturum o’simligi dalalarda, yo’l yoqalarida, ekinzorlarda, o’tloqlarda, daryo bo’ylariad va bog’larda begona o’t sifatida o’sadi. Zubturum gullaganda bargi yig’iladi va yupqa yopib, salqin yerda quritiladi. Ibn Sino zubturum bargi bilan qiyin bitadigan yaralarni, shishlarni va qon oqishini to’xtatgan. Xalq tabobatida zubturum bargidan tayyorlangan damlama yoki barg shirasi bilan yo’g’on ichak yallig’lanishi, so’zak, turli yaralar, kuydirgi va vabosil kasalliklarida davolanilgan. Damlama tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishda 1 stakan qaynab turgan suv quyib, ustiga bir osh qoshiq quritilgan va maydalangan zubturumning bargi solinadi va 2 soat damlab qo’yiladi, so’ngra dokadan suziladi. Ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan4-5 mahal ichiladi. Bundan tashqari, zubturumniyangi uzib olingan va maydalangan bargida 3 osh qoshiq solib, u shakar yoki asal bialn aralashtiriladi va usti yopib, iliq plita ustiga qo’yiladi. Ajralgan shiradan xar kuni 4 mahal ovqatdan oldin bir choy qoshiq ichiladi.

Xalq taboobatida kelintili o’simligidan qaynatma tayyorlab vabosil, temiratki, terida toshmalrni davolashda ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishga bir yarim stakan suv quyiladi va o’simlikning maydalangan yer ustki qismidan bir choy qoshiq solib, 15 minut qaynatialdi a 2 soat damlanadi keyin dokadan suzib, har kuni 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

Bu shifobaxsh o’simliklardan tashqari, xalq tabobatida vabosil kasalligida boshqa shifobaxsh o’simliklar ham qo’llaniladi. Jumladan, sariqbosh (bo’yimadaron) soxtakashtan, bangidevona, suv qalampir, tugmachagul, shotara, yantoq va qo’ng’i eman shular jumlasidandir.

Category

Leave a Comment