Tabiatning shifobaxsh nematlari. Limono’t

Posted byNasiba Posted onAprel 23, 2020 Comments0
Melissa Lekarstvennaya

Limono’t-yoqimli limon kelib turadigan, mayin tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi juda shoxlab o’sib, yer tagidan novdalar beradi. Poyasi-to’tr qirrali, sershox, bo’yi 120 sm gacha boradi, tukli. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandli, tuxumsimon shaklda pastki tomoni tuklar bilan qoplangan, uzunligi 8 sm gacha boradi, gullari uchki barg qo’ltiqlaridan chiqadi, uzuzn bandli bo’lib, gultojisi oq, tashqi tomondan siydik tuklar bilan qoplangan. Mevasi deyarli uch qirrali, to’q jigarrangli 4 ta cho’zinchoq yong’oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi. Bu o’tda vitamin C, efir moylar, oshlovchi moddalar, oleinat, urosolat va boshqa kislotalar bor. Urug’larida 20% ga qadar yog’ moy bo’ladi.

Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida bu o’tning qaynatma va damlamalari melanxoliyada, ovqat hazmi buzilgan mahallarda, asab sisitemasini mustahkamlash va yurak ishini quvvatlash uchun, shuningdek, siydik, yel (dam bo’lish) haydaydigan, terlatadigan, og’riq qoldiruvchi, talvasalarga qarshi vosita tariqasida qo’llaniladi. Ayollar kasalliklarida ham bu o’tdan ko’p foydalaniladi. Badanda chipqon chiqqanda, og’iz bo’shlig’ining yallig’lanish kasalliklarida, yuvish, chayish revmatizmda kompressqilib qo’yish uchun bu o’t damlama va qaynatma holida qo’llaniladi. Ibn Sino limono’t yurakni tetik qilib, mustahkamlaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi va hiqichoq tutganida yordam beradi deb yozib ketgan.

Limonli choy aqlni mustahkamlaydi: Bunday choy yurak, miya va sezgi a’zolarini quvvatlantiradi. Bundan tashqari, limono‘tli choy aqlni mustahkamlaydi, jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Limono‘t qorinda, buyrakda va boshqa ichki a’zolarda paydo bo‘ladigan sanchiqni qoldiradi. Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da yozilishicha, limono‘t miya tiqilmalariga foyda qiladi, og‘izdagi badbo‘ylikni yo‘qotadi, yurakdagi bezovtalikni bartaraf etadi, oshqozonda hazm ishini yengillashtiradi va hiqichoqni to‘xtatadi. Limono‘tdan choy damlamoqchi bo‘lsangiz, uning 4 dona bargini sovuq suvda chayib, yarim litrli choynakka soling va ustidan 1 choy qoshiq qora choy qo‘shib, qaynagan suv quying. Limono‘tli choyni shu alfozda 5-10 daqiqa bostirib qo‘ysangiz, tobiga etgan shifobaxsh darmondoriga aylanadi.

Limono‘t : o‘lkamizda o‘suvchi yuzlab xosiyatli giyohlar orasida bu o‘simlikning  shifobaxsh xususiyatlari, ayniqsa, asabni tinchlantirib, yurak o‘ynog‘iga xotima beradi. Ishtaxani ochadi. Ayni bahor damlari  limono‘tning murg‘ak ko‘katlaridan va boshqa ko‘katlarni aralashtirib, ko‘katli chuchvara, ko‘ksomsa tayyorlab, iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bulardan tashqari undan damlama tayyorlash uchun, og‘zi yopiladigan idishga 2 st qaynab turgan suv quyiladida, o‘simlikning maydalangan er ustki qismidan yoki bargidan 8 choy qoshiq solib 4 soat damlab qo‘yiladi. So‘ngra dokadan suzib, kuniga 4 mahal ichib turiladi.

Nojo`ya ta`siri: ba`zan allergik reaksiyalar berishi mumkin.

Kimlarga mumkin emas? Arterial gipotenziya bilan og`riganlarga tavsiya etilmaydi.

Zamonaviy tabobatda: limono’tning efir moyi xuddi valerianaga o’xshab tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Limono’t preparatlari yurak ishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, xansirash, taxikardiya hurujlarini (yurakning birdan tez-tez urib ketish xillarini), yurak sohasidagi og’riqlarni kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi. Bolgariyada limono’tdan og’riqni qoldiradigan, tinchlantiradigan, ishtaxani ochadigan va qusishga qarshi ta’sir ko’rsatadigan vosita tariqasida foydalaniladi. Limon o’tini asablar bo’shlig’i, bosh og’rig’i (migren), podagra, kamqonlik, uyqusizlikda, arterial gipertoniya, ateposklerozda, shuningdek, badanda toshma toshganda, chipqon chiqqanda, stomatitlarda ishlatish tavsiya etiladi.

Category

Leave a Comment