Tabiat koʻrki boʻlmish moychechakning shifobaxsh xususiyatlari

Posted byNasiba Posted onAprel 11, 2020 Comments0
0c62431ecacc4395518edaff9b1826f8.jpg

Moychechak – juda xushboʻy boʻladigan bir yillik oʻtsimon oʻsimlik , boʻyi 55 sm gacha boradi . Ildizi ingichka ildiz , oq qoʻngʻir tusda boʻladi . Poyalari yakka – yakka boʻlib , toʻgʻri oʻsadi , aksari juda shoxlab ketadi , ichi kovak . Barglari navbatma-navbat joylashgan , ikki qatga patsimon qirqilgan . Poyalari va shohalrining ichidan uzun bandlari boʻladigan gullar chiqadi , gullari aksari oq rangda . Mevasi qoʻngʻir – yashil tusli , choʻzinchoq urugʻli meva . May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi .

Ta ‘siri va qoʻllanilishi : xalq tabobatida moychechak tinchlantiruvchi , talvasalarga , yalligʻlanishga qarshi , oʻt va siydik haydaydigan ,gemostatik , spazm , allergiya , kramp, shamollash va yoʻtal , safro turgʻinligini oldini olish va bartaraf etishda , nevroz kasalligida , asabiylashish , surgi boʻladigan vosita sifatida ham qadimdan foydalanib kelingan , gastrit , kolit , gepatit , nefrit sistidga , bezgak , teri kasalliklari ( ekzema , yiringli yaralar , oshqozon yarasi ) , isitma mahallarida , bezovtalik va uyqusizlikda moychechak damlamasi tavsiya qilinadi . Moychechak gullaridan tayyorlangan damlamani tuz qoʻshib revmotizm podagra kasalliklarida , chipqon chiqqan mahallarda ishlatilgan .

Gullarining shifobaxsh xususiyatlari : gullarini tuyib qoʻyib bogʻlansa , shishlarni qaytaradi , qattiq a’ zolarni yumshatadi . Agar buni suvga qaynatib , oʻsha suv ichilsa , badan a’zolaridagi tiqilmalarni ochadi , miya va asblarni kuchli qiladi , jinsiy quvvatni ochiradi , zaharlarga qarshi vosita boʻladi ter , sut , peshob va hayzni ravon keltiradi , miya va bosh ogʻrigʻiga aloqador xastaliklarga dori boʻladi , tumovlarni bartaraf qiladi , koʻzga aloqador ogʻriqlar va quloq ichidagi bodni tahlil qiladi , nafas qisish va sariq hastalik illatlarini daf qiladi , koʻkrak ichi a’zolarining qilgan dardlari , jigar , qorin va bachadon dardlarini bosadi , shuningdek , ana shu a’zolarning shishlarini tuzalishga olib boradi va qaytaradi . Moychechakning quritilgan gulidan 10 gr olib , 200 gr qaynoq suvda 5 – 7 daqiqa qaynatiladi . Soʻngra tindirilib , suzib olinadi . Damlama uchun esa bir osh qoshiq quritilgan moychechak guli 1 stakan qaynoq suvda salkam 1 soat damlab qoʻyiladi . Soʻngra dokadan suziladi . Damlamaning 1/3 qismi kuniga 3 – mahaldan ovqatdan oldin iliq holda ichiladi . Davolanish kursi 25 – 30 kun. Shuningdek , sovuq suvda ham damlama tayyorlash mumkin . Buning uchun 10 choq qoshiq quritilgan moychechak guli 2 stakan sovuq suvda 8 soat damlab qoʻyiladi . Tuyilgan moychechak gullari suvda qaynatib ichilsa, miya va asablarni mustahkamlab, jinsiy quvvatni oshiradi, ter, sut, peshob va hayzni ravon keltiradi. Shamollash, nafas qisishi, sariq va boshqa kasalliklarga shifo bo‘ladi.
Boshi ko‘p og‘riydigan kishilar moychechak guli kukunini 1-2 grammdan ovqatdan yarim-bir soat keyin ichishlari kerak.
Moychechak yog‘i badanga surtilsa, charchoq va toliqishni yo‘qotadi. Bo‘g‘in (umurtqa, bel, oyoq, qo‘l, bod, podagra,) va quloq og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.

Zamonaviy tabobatda : Moychechak gullaridan tayyorlangan galen preparatlar yalligʻlanishga qarshi , ogʻriqni qoldiradigan va oʻt haydaydigan , shuningdek , qon toʻxtatadigan , tinchlantiradigan , talvasalarga qarshi va spazmolitik ta’sir koʻrsatadigan vosita tariqasida qoʻllaniladi . Bundan tashqari , bu preparatlar yara – jarohatlarini bitishini bir muncha tezlashtiradi . Moychechak gullarining damlamasi hazm bezi ishlarini jonlantiradi , bijgʻish jarayonlarini kamaytiradi , terlashishga yordam beradi . Moychechak efir moyi nafasni kuchaytirib , yurak qisqarishlar sonini oshiradi , bosh miya tomirlarini kengaytiradi , ogʻriqni qoldiradigan , qorinda dam hosil boʻlishini kuchaytiradigan xususiyatga ega . Moychechakdan ajratib olingan xamazulen degan preparat allergiyaga , yalligʻlanishga qarshi kuchli ta’sir koʻrsatadigan , ogʻriqni qoldiradigan xususiyatga boydir . Gullaridan tayyorlangan damlamani gastridlar , enteritlar , enterokolitlar me’da va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligida , jigar , oʻtpufagi , buyrak qovuq yalligʻlangan mahallarda , qorin dam boʻlganida buyuriladi . Yaralarni yuvish , vannalar , klizma qilish uchun uni sirtga ham ishlatiladi .

Category

Leave a Comment