Semizlikni oldini olish

Posted byNasiba Posted onAprel 8, 2020 Comments0
Unnamed.jpg

Kabachki – bu sabzavot inson organizmiga suv tuz balansini me’yorlashtirib organizmda suv toʻplanishini oldini oboʻliblib turadi . Bundan tashqari u biriktiruvchi toʻqimalarga boy , ichaklarni tozalaydi , uning ishini yaxshilaydi . Kabachkini kaloriyasi kamligi sababli ( 100gr kabachkida 23 kaloriya bor ) uni nonushtaga ham , tushlikka ham , kechki ovqat mahaliga ham , iste’mol qilish mumkin .

Grechkali boʻtqa – boshqa yormalardan farqli ravishda grechkada uglevodlar kam miqdorda boʻladi . Ammo shunga qaramay , u foydali aminokislotalar yod , kalsiy , fosfor , mis , molebden , nikel va boshqalarga boydir. Bundan tashqari grechka tarkibida ruhiy zarbalarga nisbatan chidamliligini oshiradigan B gruhiga kiruvchi vitaminlar ham mavjud . Undagi biriktiruvchi toʻqimalar miqdori esa bugʻdoy suli yormasi , gruchga nisbatan uch baravar koʻp , uni nonushta va tushlikka iste’mol qilgan maqul . Uy

Suli yormasi – organizmdagi metobolik jarayonini tezlashtirib , moddalar almashinuvini yaxshilaydi . Buning natijasida ortiqcha kg lar yoʻqoladi . Ammo suli yormasini sotib olayotganda bir zumda pishadigan , shakar qoʻshilgan boʻtqalar olmang . Uzoq vaqt davomida pishadigan tabiiy suli yormasigina foydali xususiyatlarga ega boʻladi . Aynan ularni nonushta vaqtida iste’mol qilishingiz mumkin .

Brokkoli – kun davomida iste’mol qilish mumkin . Uning 100gr da bor yoʻgʻi 20-30 kkal mavjud . Brokkoli hazm qilish uchun organizm undan oladigandan koʻra kkal sarflaydi . Shuning uchun uni manfiy kaloriyasi sabzavot deb ataladi . Ammo , asosiysi brokkoli ochlik hissini yoʻqotib , ishtahani bugʻadi .

Kepak – vitamin va mikroelementlarga biriktiruvchi toʻqimalarga boy boʻlib ichaklar faoliyatini meyorlashtiradi . Bundan tashqari kepakdagi oʻsimlik tolasi oshqozonga uzoq vaqt hazm boʻlib , shishadi va soxta toʻqlikni keltirib chiqaradi . Kuniga 3 oshqoshiq kepak iste’mol qilish odamni ancha ozdiradi .

Olma – unda kaloriya miqdori juda kam ( 100 gr – 87 kaloriya mavjud ) . Shuning uchun perhez kunlari olma yeyish juda urfga kirgan . Ammo bu faqat yashil olmaga tegishli . Bundan tashqari 1 kunda 2-3 dona olma iste’mol qilish qondagi xolisterin miqdorini 15 % ga kamaytiradi .

Dukkakli mahsulotlar – odamning ovqatlanish tarkibida mahsulotlarning boshoqli ekinlardan ahamiyati kam emas . Biz ularni toʻyinli boʻlgani uchun ham sevib iste’mol qilamiz . Dukkakli mahsulotlarni kunning ikkinchi yarmida iste’mol qilganimiz maqul . Masalan , mana bu foydali salatni tayyorlab koʻring : qaynatilgan noʻxatga qirgʻichdan chiqarilgan sabzi , zaytun yogʻi , tuz , murch mayda toʻgʻralgan petrushka , sarimsoqpiyoz boʻlakchalarini aralashtiring . Qarabsizki , mazali , parhez taom tayyor uni tushlikka iste’mol qilishingiz mumkin .

clipart-chicken-veggy-10

Mol goʻsht – ajoyib protein manbai hisoblanadi 100 gr goʻshtda 20 gr oqsil mavjud . Dietologlar hajtasiga 5 marotaba , kuniga 150 grdan goʻsht iste’mol qilishni tavsiya qilishadi . Ayni shu miqdorda goʻsht iste’mol qilish yogʻlarning va qonda xolesterin miqdorining kamayishini keltirib chiqaradi . Agar bu nazariya foyda keltirishini istasangiz , goʻshtning yogʻli qismini iste’mol qilmaslikka harakat qiling , ular xolesterin miqdorining oshishiga sabab boʻladi .

meat

Tovuq goʻshti – goʻshtning aynan koʻkrak qismida yogʻ va xolisterin miqdori kam boʻlib , boshqa goʻshtlarga qaraganda , tovuq goʻshti parhezbop goʻsht hisoblanadi . Uni qaynatilgan yoki dimlangan garnirga sabzavotlardan foydalangan holda iste’mol qilgan ma’qul .

Tvorog – yogʻsiz tvorog 18 gr oqsil boʻlib , uning kaloriyasi juda ham pastdir . Tvorog tarkibidagi riboflovin moddalar almashinuvini yaxshilaydi . Agar tvorogning oʻzini iste’mol qilish joningizga tekkan boʻlsa yangi retseptlar oʻylab toping , masalan , avakadonning yarim pallsini olib ichidagi etin qoshiq bilan aralashtirib ichida koʻkatlar , ozgina murch , tuz qoʻshing . Aralashmani ichi tozalangan avakadon pallasiga solib maza qilib iste’mol qilishingiz mumkin .

Category

Leave a Comment