Sedana haqida va xalq tabobatida qoʻllanilishi

Sedana – arabcha shuniz forschada “siyohdona” ruschada chernushka posevnaya deb ataladi . Uning boʻyi 40 sm gacha boradigan bir yillik oʻtsimon oʻsimlik . Sedanani poyalari toʻgʻri oʻsadi , bazan ancha shoxlab ketadi. Barglari patsimon qirqilgan gullari ancha yirik shohlarining uchki qismlaridan chiqadi , och moviy tusda boʻladigan 5ta gul bargidan iborat . Mevasi shakl ponasimon boʻladigan qop-qora qirrali urugʻ tugadi . Iyul-avgustda gullaydi mevalari avgust-sentabrda yetadi .

Ta’siri va qoʻllanilishi : Xalq tabobatida sedana urugʻlaridan tayyorlangan damlamani tish , immunitet tizimini mustahkamlaydi , rak OITS ,qon bosimi , isitmani tushirish , asab tizimi , ayollardagi ogʻriqli v anormal hayz sikli , bosh ogʻrigʻi , shamollash , koʻz hastaliklari , yurak , oshqozon , nafas olish yoʻllari , koʻngil aynish va qayt qilish , buyrak va jigar kasalliklari, me’da , yurak ogʻriqlarida siydik haydaydigan vosita sifatida , bolalarda gijja tushiradigan ( sirka bilan aralashtirib ) va uxlatadigan dori oʻrnida , shuningdek , uning damlamasini tumov va tomoq ogʻriganga qarshi dori sifatida ham ishlatiladi , uni surgi va emizikli ayollar sutini kuchaytiradigan vosita oʻrnida ham ishlatsa boʻladi . Organizmni mustahkamlash uchun ovqatdan keyin 1choy qoshiq qora sedana ( kunlik miqdor bundan koʻpaytirish tavsiya etilmaydi ) iste’mol qilinadi . Sedana oʻlimdan boshqa barcha kasalliklarga davo beradi , normadan koʻp iste’mol qilinsa oʻlimga ham olib keladi . Ibn Sino bosh ogʻrigʻi , yuz nervining falajiga koʻk-suv kasalligi , yani glaukoma va kataraktaga davo qilish uchun sedanadan foydalangan , uni asal bilan aralashtirib , qovuq va buyraklardagi siydik toshlariga qarshi ishlatgan . Ibn Sino ma’lumotiga koʻra , sedana sugal va xollarni , pes dogʻlarini yoʻqotishga yordam beradi , sedana urugʻlarini qovurib iste’mol qilinadigan boʻlsa , bavosilga ham davo boʻladi . Damlama tayyorlash uchun yarim litrli choynakka bir choy qoshiqdagi qora yoki koʻk choy solib , ustiga 25-35 dona sedana tashlanadi , qaynoq suv qoʻyilgach olovga 3-4 daqiqa dam oldiriladi . Soʻngra shirinliklar bilan iste’mol qilinadi , agar asal bilan ichilsa , shifobaxshligi yanada kuchyadi .
Zamonaviy tabobatda : Sedana oʻtidan tayyorlangan damlamaning yurak ishini joyiga keltirishi , bronxial astma va siydik-tosh kasalliklarida foyda berishi aniqlangan , sedana bakteriya va sistalarga qarshi ta’sir koʻrsatadi .
Ibn Sino sedana haqida fikri : Ulugʻ hakim Abu Ali ibn Sinoning”Tib qonunlari” kitobida (2-jild, 590-591-betlari) sedananing xossalari va davosi haqida shunday yozilgan:
Sedananing tabiati uchinchi darajada issiq va quruqdir. U oʻtkir balgʻam koʻchiruvchi, tozalovchi, yel va damni koʻchiruvchidir. Xususan ularning tozalash xususiyati yetarli darajadadir.
Shish va toshmalarda uni sirka bilan qoʻshib , “sutli toshmalar” ga bosiladi. U shilliqli va qattiq oʻsmalarni ham shimdirib yoʻqotadi.
Isitmani , xususan balgʻam bilan savdodan boʻlgan isitmalarni qoldiradi va yoʻq qiladi.
Sedanani zararli tomonlari : Sedana yogʻi jigar uchun nojoʻya ta’sirga ega . Jigarida ogʻriq boʻlgan yoki uning faoliyatida oʻzgarish boʻlgan bemorlarga sedana yogʻi iste’mol qilish man etiladi . Tashqaridan surtish mumkin , bu faqat hozir tabib yoki shifokor tavsiya bilan bajariladi .