Sariq zira

Posted byNasiba Posted onAprel 15, 2020 Comments0
Кумин целый

Sariq zira- boʻyi 10 sm dan 50 sm gacha boradigan bir yillik yoki ikki yillik oʻsimlik. Poyaglari tik oʻsib, pastidan shohlaydi. Barglari ingichka-ingichka boʻlib, poyasidan navbatma-navbat joylashgan. Gullari oq yoki qizil rangli, besh bargli. Mevalari ikki donli choʻziq meva. Aprel gullab, mayda mevalari yetiladi. Sariq zira mevalarida 5% ga qadar efir moyi, 30% cha moy, oqsillar va boshqa moddalar bor. Efir moyining 40% cha qismi koʻmir aldegidi, simol, sinen, fellandren, dipeten, terpenoidlardan tashkil topgan.

Ta’siri va qoʻllanilishi: sariq zirani xalq tabobatida siydik-toshkasalliklarida siydik haydaydigan vosita tariqasida,shuningdek o’t-tosh kasalliklarida, o’t pufagi yallig’lanishida,nafas organlari kasalliklarida qadimdan ishlatib kelingan. Ibn Sino bu o’simlik mevalaridan yara va jarohatlarningbitishini tezlashtiradigan,o’t haydaydigan va buyrak toshlarini tushiradigandori tayyorlagan,nafas va siydik-tanosil kasalliklari,ko’z kasalliklari,ichak sanchiqlari,qorin dam bo’lishida davo qilishda foydalangan. sariq ziramevalari xalq tabobatida ishlatilishi bilan birga zamonaviy tabobatda ham bazan qorin dam bo’lib turgan mahallarda me’da-ichakishini rivojlantiradiganvosita tariqasida qo’llaniladi.

Category

Leave a Comment