Sabzi – vitaminlarga boy sabzavot

Sabzi – ( dauces ) soyabondoshlar oilasiga mansub . Bir yoki ikki yillik oʻsimlik ekiladigan madaniy turi esa faqat ikki yillik . Sabzining 60 dan ortiq turi mavjud . Sabzi ajoyib parhezbop mahsulot boʻlib , unda koʻp vitaminlar boʻlib , 90 % ni suv tashkil qiladi va bu uning kaloriyasi juda pastligidan dalolat beradi . Sabzining 100 gr da 35 kkalni tashkil qilib , 1.3 grmini oqsillar , 0.1 grmini yogʻlar va 6.9 grmini uglevodlar tashkil qiladi . Mevalari mayda , choʻzinchoq tuxumsimon shakldagi ikki urugʻli meva . May – iylda gullaydi , mevalari iyul – avgustda yetiladi . Sabzi ildiz mevalarida talaygina karotinoidlar , vitamin K , B1 , B2 , PP , C pantotenat kislota va inozit boʻladi .

Ta ‘siri va qoʻllanilishi : Xalq tabobatida yovvoyi va ekiladigan sabzining ildizlari va urugʻlari dori tariqasida ishlatiladi . Oʻtkir surunkali gepatitlar , sariq kasalligi , shabkoʻrlik mahalida , zarda qaynagan , qabziyat boʻlgan paytlar , vabosilda , gastridlar , me ‘ da yara kasalliklarida qirilgan sabzi buyuriladi . Badan terisi yorilganida va xusnbuzar toshganiga sabzi suvini tuxum sarigʻi yoki asalga aralashtirib ( 1 : 1 ) nisbatda surtiladi . Buyrak – tosh kasalligida , qabziyat mahallarida va qorin dam boʻlganda sabzi urugʻidan foydalaniladi . Sabzi bargining suvi gush , diatez va neyrodermitta ildiz mevasining suvi xavfli oʻsmalarda davo qilish uchun ishlatiladi . Yovvoyi sabzi urugʻlari Oʻrta Osiyo xalq tabobatida siydik va yel haydaydigan vosita tariqasida isteriyada , badanga shish kelgan mahallarda va siydik – tosh kasalligida , Xitoy tabobatida esa surunkali ichburugʻda ishlatiladi . Ibn Sino sabzi urugʻi va bargalarini yaralarni tezroq bitiradigan va siydik haydaydigan dori sifatida ishlatgan , ildiz mevalari esa plevrit , surunkali yoʻtal , ichak ogʻriqlari va badanga shish kelganda buyuriladi . Sabzi shilimshiq , safrolarni suyultirib , ichki organlarning bitib qolgan joylarini ochadi va me’dani baquvat qiladi.
Sabzi sharbatining foydali xususiyatlari : shamollashga qarshi , koʻrni mukammal tiklash turli xil koʻz kasalliklarini oldini olishda , qalqonsimon bez kasalliklarida , urolitiyozda , aterosskleroz , miyokard infarktida , yosh bolalarning tanasini vitamin bilan taʼminlaydi va rivojlanishiga yordan beradi .
Sharbatning zararli xususiyatlari : Sabzi sharbatining foydalari va zararlari koʻp yillar davomida meditsina ta ‘ tilini bermaydi . Shifokarlar , tish shifokorlari , masalan , sabzi sharbati tish emalini yoʻqotadigan kislotalarni oʻz ichiga oladi , uni faqat bir kolba ichish kerak . Bu ajablanarli xususiyatlarga qaramay , bu sharbatlardan foydalanishga qarshi koʻrsamlarga e ‘ tibor qaratish lozim . Sabzi suvi ichak va oshqozon osti bezining kasalliklarini kuchaytiradigan odamlarga kontrendikedir . Agar tez – tez sabzavotlardan yangi siqilgan sharbatni iste ‘ mol qilsangiz , bu oshqozon osti bezi uchun kuchli yuk boʻladi .
