Rovoch nima u?

Posted byNasiba Posted onMay 27, 2020 Comments0
Maxresdefault (3)

Rovoch

Bo’yi 200 sm ga ham yetadigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi-ko’p boshli bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda, diametri 6 sm gacha boradi, kesilganida rangi sariq bo’ladigan etdor ildiz chiqaradi. Poyalari-mayda egatchali bo’lib, kamroq shoxlaydi, qizg’ish dog’lar bilan qo’plangan. Ildiz oldi barglariyirik, uzuznligi 1.5 sm ga boradigan bandlari bo’ladi. Poyalaridan chiqaradigan barglari navbatma-navbat joylashgan, maydaroq, barg bandlari ham kaltaroq. Gulalari mayda bo’lib, ruvaksimon to’pgullar hosil qiladi. Mevasi-jigarrang-qizil tusli yong’oqcha, uzunligi 10 mm cha keladi. Iuynda gullaydi, mevalari iyulda yetila boshlaydi. Bu o’simlik ildizi va ildiz poyalarida tanaglikozidlar va antraglikozidlarbor. tana glikozidlar tarkibida gallat kislota bilan glyukozaga parchalannadigan gallat kislota, tetrarin va reosmin degan aldegid bo’ladi. antraglizislardan xrizofanein, reoxrizin degan moddalar topilgan. Barglari va gullarida rutin va organik kislotalar bor.

Ta’siri va qo’llanilishi

Viloyat tabiblari tuya yantoq deg ataladigan bir tur rovoch ildizlarini po’stidan tozalab to’graladi, qurutiladi va sutga solib damlanadi, ko’pgina ichki kasalliklarga davo o’rnida ichiladi. Bunday damlama odamning me’dasi va yuragiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va qon ketishini ham to’xtatadi deb hisoblanadi.

Ibn Sino fikriga qaraganda, rovoch bachadondan qon ketayotgan mahalda, astma kasalligi, ichak yallig’lanishi, buyrak, qovuq kasalliklarida ancha naf beridi. Bu giyohning ildizi yer ostiga chuqur kirib boradi. rovochning ildizi yetilib yetib borgan joygacha kavlansa, ildizining tubida xuddi sholg’omga o’xshagan tub mevasiga duch keladi.

Shifobaxshligida ildizi boshqa qismlaridan kuchliroq davo bo’ladi. Ildizi mayda kesib, quritib olinadi. Qurutilganini tuyib, shisha yoki chinni buyumlarda saqlansa, kerak bo’lganda foydalaniladi.

eda-0006

Zamonaviy tabobatda

Rovochning shifobaxshlik xislatlari uni yeyisa, badandagi zararli rutubatlarni quruq aylantiradi, ichki a’zolarni iflosliklardan tozalaydi, begona moddalarini pishishirib, tanadan haydashga sharoit yaratadi, barcha sovuq mijozli zaharlarga qarshi taryok bo’ladi, ayniqsa, chayon zaharini tezlik bilan haydaydi, peshob va hayzni rivojlantiradi, jigarning jozibali kuchini oshiradi va ichak hamdda taloqdagi tiqilmalarni ochadi, buyrak, qovuq va bachadondagi yellarni tarqatib, haydaydi, shuningdek , ushbu a’zolarning dardlariga shifo bag’ishlaydi, sovuqdan bo’lgan yurak o’ynog’ida darmon bo’ladi, me’da va jgar sovuqligini daf etadi, eski yo’tal, nafas yetishmasligi, sil, ya’ni o’pka yarasi va ichaklar og’rig’i, shuningdek, siydik suv xastaligining barcha turlariga davo. Rovochni yeyilsa badandagi zaharli rutubatlarni zamonaviy tabobatda rovoch tarkibida bo’ladigan tannaglikozidning burishtiradigan, ich ketishini qaytaradigan va antiseptik xossalarga ega ekanligi, antraglikozidlar esa, aksincha, surgi sifatida ta’sir qilishi, faqat yo’g’on ichakning yurishuvinikuchaytirib, me’da va ingichka ichak harakatini o’zgartirmasligi aniqlangan. Shuning uchun ham rovoch preparatlari kichik dozalarda burushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, ich ketishini qaytaradigan bo’lsa, katta dozalarda, ayniqsa, surgi o’rnini bosishi mumkin. Rovochning galen preparatlari o’t (safro) ajralishini kuchaytirib, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.

Category

Leave a Comment