Qora zira urug’ining foydali xususiyatlari

Posted byNodira Posted onAprel 15, 2020 Comments0
7celzbhknfi.jpg

Qora zira- bo’yi 30-60 smga boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik, sharsimon shaklda tuganagi bo’ladi. Pastki bargalari yirik, ustki barglari mayda bo’lib, bo’laklarga bo’lingan. Gullari oq, 5-7 sm kattalikda bo’ladigan murakkab soyabon hosil qiladi. Mevalari tuxumsimon yoki dumaloq, shaklda, uzunligi 3-4 smkeladigan qo’ng’ir rangli qo’sh palla-chanoq. Iyunda gullaydi, iyulda meva tugadi. Zira mevalarida 2.75-3% efir moy bor. Bu efir moyi asosan ko’minli aldegid-parasitamol va karvondan iborat, o’ziga xos hidi bor. Mevalari 20% atrofida yog’i moy, 15% gacha oqsilli moddalar, minerallar va boshqa birikmalar ham bo’ladi.

Ta’siri va qoʻllanilishi: O’rta Osiyo xalq tabobatida bu o’simlikdan surunkali gastrit, enenterokolit, sariq kasalligi, buyrak tosh kasalliklarida va badanda shish kelganda foydalaniladi. Bundan tashqari urug’larini sal qovurib olib, siydik haydovchi vosita tariqasida ishlatiladi, vinoda tayyorlangan damlamasidan esa qon to’xtatuvchi va spazmalarni bartaraf etuvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Bundan tashqari qovurib, yanchilgan urug’larini asalga aralashtirib, buyrak va qovuqdagi toshlarni eritish uchun ishlatish, pes kasalligida buyurish tavsiya etiladi. Xalq tabobatida zira urug’lari me’da-ichak yo’li funksiyasini kuchaytirish, yani ishtahani ochish qorin dam bo’lganida damni haydash uchun ishlatilgan, shuningdek siydik haydaydigan vosita tariqasida qo’llanilgan. Bundan tashqari zira urug’lari jarohatlarni bitiradigan,odam semirib ketganida og’irini kamaytiradigan dori sifatida qo’llanilgan. Ibn Sino mevalarni mayda yanchib, jigar, taloq kasalliklarida davo qilish uchun ishlatilgan, shuningdek sirkada tayyorlangan damlamasini burun qonashiga qarshi buyurgan. Zira mevlarida tayyorlangangalen preparatlaridan umuman quvvatga kirgizadigan, qon to’xtatadigan, taloq o’smalari va stomatitga shifo bo’ladigan vosita tariqasida qo’llaniladi.

Immunitetni mustahkamlash, buyrak va o‘t pufagida toshlarni maydalash uchun 0,5 stakan maydalangan qora zira, 1 stakan asal, 0,5 stakan maydalangan zanjabil ildizi (yoki sarimsoq)ni aralashtirib, ertalab nahorga 1 choy qoshiqdan ichiladi.

Uyqusizlik, nevroz, stressda1 choy qoshiq maydalangan qora zira urug‘iga bir stakan issiq sut quyib, 30 daqiqa dam yediring. Uyquga yotishdan oldin qultumlab ichasiz.

Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida 3 osh qoshiq maydalangan qora zira, 2 osh qoshiq maydalangan qizilmiya ildizi, 1 osh qoshiq maydalangan arpabodiyon (anis) urug‘ini aralashtirib, choy kabi damlang. Ta’bga ko‘ra asal qo‘shish mumkin. Foydali xususiyatlari:ishtahani ochadi; me`da va jigar kasalliklari; kamqonlik; bachadon xastaliklari;jarohat, yara va shishlarni davolashda naf beradi.

Nojo’ya ta’siri: o’n ikki barmoq ichak yarasi, gastritda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ortiqcha va noto’g’ri qabul qilinsa, yuz rangini sarg’aytirib, tanani ozdiradi.

Kimlarga mumkin emas? Homilador va emizikli ayollarga ziradan tayyorlangan malhamlar har doim ham tavsiya etilavermaydi.

Zamonaviy tabobatda: gipoasit gastritlar, kolitlarda, ahuningdek o’t yo’llarining yallig’lanish kasalliklarida me’da-ichak yo’liishini kuchaytirish uchun zira urug’laridan keng foydalaniladi. Zira tarkibida bo’ladigan efir moyi oqsillar almashinuvini ancha o’rniga keltirib, jigar hamda me’da osti bezifaoliyatini sezilarli darajada jonlantiradi.

Category

Leave a Comment