Qirqbo’g’im o’simligi

Posted byNasiba Posted onAprel 21, 2020 Comments0
хвощ2

Qirqbo’g’im-sporali ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi uzun, qo’ng’ir-qoratusda bo’lib, ingichka-ingichkaildizlar chiqaradi va yakkama-dukkamto’ganaklar kosil qiladi. Poyalari ko’p shoxlanmaydi, kulrang-pushtiroq rangda bo’ladi. Sporalari yetilib, sochilib ketganidan keyin spora hosil qiladigan poyalaritez orada qurib ketadi, keyin bo’g’im-bo’g’im bo’lib, to’g’ri o’sadigan bo’yi 50 sm gacha boradigan ko’k poyalari paydo bo’ladi. Sporalari dumaloq shaklda,yashilroq tusda bo’lib, aprel-may oylarida yetiladi. Qirqb’g’im o’tidan saloninlar,alkaloidlar,katronmoddalri, achchiq moddalar, organik kislotalar va boshqa moddalar, birmuncha miqdor, karotin va C vitamini bor.

Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida qirqbo’g’im o’ti qon ketishiga qarshi qadimdan ishlatib keladi. Bachadondan qon ketayotgan mahalida, qon aralash ichketar paytida, vabosil kasallikgida hakimlar-qiqbo’g’imdan tayyorlangan dorilarni buyurishadi. Bu o’simlik o’oka sili, me’da-ichak kasalliklarida davo bo’ladi, qovuq va o’t pufagidagi toshlarni tushirish uchun yordam beradi. Ibn Sino bu o’simlikning suvi qon ketishga yaxshi davo bo’lib, yara va jarohatlarningbitib ketishini tezlashtiradi, jigar, me’da kasalliklarida foyda qiladi. Sharobga aralashtirib ichilsa, qon aralash ichketarga yaxshi davo bo’ladi. Qirqbo’g’im o’simligining foydali tomonlari:surunkali yo’talga, ayniqsa qo aralash balg’am bo’lganda, ko;krak og’rig’ida, nafas qisishida, qovuq kasalliklari va ulardagi yaralarda juda yaxshi yordam beradi. xalq tabobatida, jigar va o’t yo’llaridagi tosh hosil bo’lganda, o’pka sili, moddalar almashinuvinibuzilganida, uzoq vaqt bitmaydigan yiringli yaralarda ishlatiladi.

Zamonaviy tabobatda: qirqbo’g’imdan tayyorlangan galen preparatlarining siydik haydaydigan, qon to’xtatadigan, yallig’lanishni boradigan, zaharlar kuchini kesadigan xossalarga ega ekanligi, yurak ishini quvvatlab, yara-chaqalarni bitiradigan ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Tarkibidagi kislotalar qatorida bo’ladigan silikat kislota biriktiruvchi tuzilma va shilliq pardalar, qon tomirlar devorlaridagimoddalar almashinuvida, suyak to’qimasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, silikat birikmalar siydikda, siydik toshlari paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan kollaidlar xosil qiladi, o’pka silida ham foyda beradi. Qiirqbo’g’im suv-tuzlar almashinuvini joyiga keltirish, xolesterin, shuningdekchiqindi moddalrni organizmdan chiqarib tashlashni osonlashtiradi. Qirqbo’g’im yuqoridagi kasalliklardan tashqari, gipertoniyakasalligi, aterosklerozda, qovuq va buyrak kasalliklarida, jigar hazm organlari kasalliklarida, ham ishlatishni tavsiya etadilar.

Category

Leave a Comment