Qanday qilib go’zal bo’lish mumkin?

Sut va bodomdan yuz uchun pilling: maydalangan bodomni 1:1 nisbatda suli uni bilan aralashtirilib, yarim qoshiq sut solish kerak. So’ng qaymoq quyuqligi kabi holatga kelguncha qadar suv qo’shib aralashtirish kerak. Yuzga shimgich yordamida yumshoq massaj harakati bilan suring, teringizni 5daqiqa massaj qiling, so’ngra yaxshilab yuvib tashlang. haftada ikki martadan ko’p qo’llash tavsiya etiladi.
Tuxum va limon: ushbu oqartiruvchi vositani yuz uchun tuxum asosida tayyorlangan krem bilan tayyorlash mumkin. Unga bir choy qoshiq asal, shuncha limon sharbati va yarim stakan suv qo’shing. Bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring, 30 daqiqaga yuzga surting. Xuddi shuunday usul yuz teshikchalarini ochish va tozalashga yordam beradi.

Bodomning po’stidan damlama: sabzavotni po’stini qirg’ichdan chiqarib, 1 stakan 40% spirt eritmasi qo’shining, yaxshilab aralashtirng, yoping va salqin va qorong’i joyda qoldiring, bir hafta turgach, yuzdagi dog’larni oqartiruvchi losyo tayyor bo’ladi.
Sirkali vosita: bir osh qoshiq sirka, ikki choy qoshiq peroksid, yarim qoshiq suv va shuncha soirt. Yaxshilab aralshtiring va yuzdagi dog’lar ustiga surting. Bu orqali nafaqat pigment dog’lardan, balki yog’li yaltirash ham bartaraf qilinadi

Soch parvarishi; sochlaringiz siyrak tez kir bo’ladimi siz esa sochingizni har kuni yuvishingiz kerakmi bu holatda sochlarning ildizi qurib nimjonlanib to’kila boshlaydi. Buning oldini olish uchun esa ikkita tuxumni oqini ko’pirtirib, ichiga 2 choy qoshiq limon sharbati qo’shib, limon noxush xidni oldini olish bilan birgalikda sochlarni tabiy yaltiratadi. Bu niqobni soch ildiziga masaj orqali butun bo’yiga surtib 2 soatdan so’ng illiq suv va shampun bilan birga bir nisbatda qo’shib illiq suv bialn yuvamiz. Suv qo’shishimizning sababi shampunning ishqoriy kuchini kamaytiradi.
Yuzni oqartirish: yuzni oqrtirish va parvarish qilishda foydali mahsulotlardan banan, asal va yog’sizlantirilgan smetana. Yarimta bananni 1 choy qoshiq asal va smetana qo’shamiz bo’tqa holiga keltirib yuzga surtamiz 30 daqiqadan so’ng illiq suv bilan yuvib tashlaymiz, niqob 1 oy davomida 4-5 marotaba qo’llaniladi.
Ko’z atrofidagi va peshonadagi ajinlarni kelib chiqish sabablarini bilasizmi? ko’z atrofida va peshonadagi mayda ajinlar tushayotgan bo’lsa bu holatda yuz quruqligidan yoki muntazam sovun bilan yuvishdan tushadi. Yuzingizni haftada 2 marotaba sovunlab yuvig, sovunni ko’pirtirib ko’pigini surib yuvish kerak. Agarda sovunni o’zini yuzga surtib yuvsangiz unda turli ishqoriy moddalar mavjud bo’lib, u terini kerakli yog’lar qatlamini ham quritib yuboradi. Bolalar uchun mo’ljallangan sovundan foydalaning.