Petrushkaning tarkibi va foydali tomonlari

Petrushka-bo’yi 100 sm ga boradigan bir yillik yoki ikki yillik o’tsimon o’simlik. Ildizi duksimon, ba’zan ancha yo’g’onlashgan bo’ladi. Barglari-shaklan uchburchak taxlit, to’q yashil, ustki tomoni yaltiroq, ildiz yoni va poyasining pastki barglari uzun bandli. Gullari sarg’ich-yashil tusda, soyasoyabonsimon murakkab to’p gullar hosil qiladi. Mevalari uzunligi 3mm cha keladigankulrang-qo’ng’ir rangli ikki urug’li. Iyun-iyulda gullaydi, mevalari iyul-avgustda yetiladi. Petrushka mevalarida 6% gacha efir moyi, 22% cha yog’li moy, flavonoidlar(apinin, diosmin; naringenin, lyuteolin, apinenin glikozidlari) bor. Barglarida efir moy, flavonoidlar va askorbinat kislota, gullari bilan ildizlarida esa flavonoidlar bo’ladi.
Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida petrushka yrug’idan siydik haydaydigan va terlatadigan vosita tariqasida foydalaniladi, ularni hayz buzilib, og’riq bo’lib turadiganmahallarda, prosta bezi va qovuq yallig’langan paytlarda buyiriladi. yangi barglarini yaxshilab yanchib yoki paxtani barglari suviga xo’llab turib xashorotlar chaqqan joyga qo’yiladi,badandagi sepkil va dog’larni yo’qotish uchun ishlatiladi. Sepkillarni yo’qitish uchun petrushka qaynatmasiga limon suvi aralashtirib, ertalab va kechqurun yuz yuviladi. Ibn Sino petrushka bitib qolgan joylarni ochadi, odamni terlatib, og’riqlarni bosadi, o’smalar endi paydo bo’lib kelayotganida ularni yo’qotib yuboriladi, nafas qiyinlashib, odam yo’talganda yordam beradi, jigar va taloq uchun foydalidir, siydik haydaydi va hayzni qo’zg’atadi,buyrak, qovuq va bachadonni tozalaydi deb yozgan. Ibn Sino fikrlariga qaraganda, petrushka zaharlar kuchuni qirqadigan xossalarga ega ildizlaridan tayyorlangan qaynatma dorilardan, qo’rg’oshindan o’lar darajada zaharlanishda davo bo’lib, naf beradi.
Ko’z kasalligida: Bu sharbat (tufayli vahiyda yomonlashgan katarakt, kon’yuktivit,) ko’z muammolari bilan odamlar uchun foydalidir oling. petrushka, sabzi va karaviz suvi ko’z foydali kokteyl. Bunday mix kompyuterda juda ko’p vaqt sarf odamlar uchun yaxshi.
Petrushka
Bir bog` barra petrushka ko`katini go`sht qiymalagichdan o`tkazib, hosil bo`lgan sharbati bilan birga namlangan yuz terisiga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib olasiz. Niqob ta`sirini oshirish uchun oziqlantiruvchi krem surtishni unutmang.
Sut va ko`kat
Yarim piyola sutga shuncha miqdorda petrushka ko`kati sharbatini qo`shing. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, yuzdagi dog` yoki sepkil ustidan surtib chiqing. 10 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib oling.
Bodom
2 osh qoshiq bodom mag`zi ustidan yarim stakan qaynoq suvni quying-da, 5 daqiqaga qoldiring. So`ngra suvini to`kib tashlab, bodomni go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Hosil bo`lgan aralashmaga yarimta limon sharbati va 2 osh qoshiq qaynatilgan suv qo`shib, aralashtiring. Niqobni yuz terisiga tekis surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Avval iliq, so`ng sovuq suvda chayib oling.
Bodring
Bitta bodringni qirg`ichdan o`tkazing. Hosil bo`lgan sharbati bilan birga yuzingizga surtib, 15 daqiqa shu holatda qoling. Niqobni tozalashda avval paxta bilan bir sidra artib, so`ngra iliq suvda chaying.
Kartoshka va o`simlik yog`i
Bitta kartoshkani archib, qirg`ichning mayda tishidan o`tkazing. Sabzavot bo`tqasiga yarim choy qoshiq o`simlik yog`ini qo`shing. Aralashmani yuzdagi dog` yoki sepkil ustidan tekis surtib, 15-18 daqiqaga qoldiring. Niqobni yuvib olgach, yuz terisini namlantiruvchi krem surting.
Suli yormasi va sut
1 osh qoshiq suli yormasini yarim stakan iliq sut bilan aralashtiring. Hosil bo`lgan bo`tqani yaxshilab, ezg`ilang. So`ngra yuzingizga surtib oling. Suli yormasi tarkibidagi foydali moddalar teri kataklarini tozalab, tekislaydi.
Ko`k choy
Bu yuz terisi rangini oqartirishning eng oson usullaridan biri. Suyuq damlangan ko`k choyga paxtani xo`llab, yuzingizni arting. Bir marotaba artgach, teri qurimasidan yana bir marta muolajani takrorlang.
Zamonaviy tabobatda: petrushka mevalari tunktura ko’rinishida yoki yig’ma dorilar tarkibida buyrak va yurak kasalliklarida aloqador shishlarga qarshi kuchili siydik haydaydigan vosita tariqasida ishlatiladi. petrushkada talaygina askorbinat kislota borligi va efir moyining me’da shirasi ajralishini kuchaytira olishi petrushkani gipoasid gastritlar, astenik xalatlarda qo’llanishga imkon beradi. Siydik-tosh kasalligi, sistitlar, ovqat hazmning buzlishi, bachadondan qon ketishiga davo qilishda petrushkamni ishlatib, yaxshigina natijalar olingan. Jigar kasalliklari, ovqat yaxshi hazm bo’lmasligiva qorin dam bo’lgan paytlarda petrushka damlamasi duristgina naf beradi. Petrushka preparatlarning bachadon, qovuq va ichak muskullari kuchini oshirishi va peshobni kuchaytirish hayvonlar ustidagi tajribalarga aniqlangan.