Otquloq

Otquloq-bo’yi 150 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. ildiz poyasi kalta bo’lib, kamroq tarmoqlanadigan yo’g’on ildiz chiqaradi. poyasi egatchali bo’lib, to’g’ri o’sadi, uchki qismidan shoxlaydi. Barglari navbatma navbat joylashgan bo’lib pastkilari uchburchak-tuxumsimon nashtarsimon shaklda,bandli. Gullari mayda, ko’rimsiz g’ovaksimon to’pgullar hosil qiladi. Mevasi tuxumsimon shaklda bo’ladigan och jigarrang tusli, uch qirrali yong’oqcha. May- iyunda gullaydi, mevalari iyun-iyulda yetiladi. Bu o’simlikning ildizpoya va ildizlarida antraxinon unumlari, oshlovchi, moddalar, nepodin degan flavonoid,katronlar efir moyi, vatamin K, organik temir birikmalari bor. urug’larida ham antraxinon va oshlovchi moddalar, bargalrida flavonoidlar, shuningdek vitamin C va karotin topilgan.
Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida bu o’simlikning gulllari, urug’lari, barglari, ildizl;ari va yangi olingan suvidan foydalaniladi. urug’larini yanchib, siydik haydaydigan, ich surishini qoldiradigan vosita tariqasida ovqatdan oldin 0.3-0.5 g dan bir marta ichish buyuriladi.
Bargalari va gullaridan tayyorlangan damlamalar odamning ishtaxasini ochib, jigar, yurakka quvvat beradi, qon ketishini to’xtatadi, sariq kasalligi, isitma, gipatetlarda foyda beradi. Otquloq o’tidan tayyorlangan damlama, qaynatma va ekstratlarni badan terisidagi yara-charalarga davo qilish uchun ham ishlatiladi.
Ibn Sino fikriga qaraganda otquloq o’ti va urug’lari ich ketarga davo bo’ldi. Urug’lari suv yoki musallas bilan ichilsa, ichakdagi yaralar hamda ich surishiga davo qilishda naf beradi, sharbatga solib damlangan urug’lari esa, siydik toshlarini maydalaydi.
Zamonaviy tabobatda: otquloq o’tidan tayyorlangan galen preparatlaridan kolitlar, enterokolitlar, gemokolitlar, bolalarda bo’ladigan ich ketarga davo qilishda foydalaniladi. Uning ichini qotiradigan yoki bo’shashtiradigan ta’siri ancha miqdorda ichilishiga bog’liq bo’lib, kamroq miqdori ichni qotiradi, ko’proq miqdori esa, aksincha , surgi bo’lib ta’sir ko’rsatadi (uning bunday ta’siri preparat ichilganidan 8-12 soat keyin yuzaga chiqaradi). Bu o’simlik ildizidan tayyorlangan ekstratni gipertoniya kasalligining 1 va 2 bosqichida ham buyuriladi. damlamasini enterokolitlar, bavosil, gepatit, xolisistitlar vaqtida, shuningdek, bachadondan qon ketganda ham siydik haydovchi vosita tariqasida ishlatiladi. Ildizlari va barglaridan tayyorlangan qaynatmani teri kasalliklari, yara-charalar davosiga buyuriladi. Bu o’simlikdan tayyorlangan galen preparatlarning qon bosimini tushiradigan ta’siri borligi hayvonlar ustidagi tajribalarda ham aniqlangan.