Olma – shifobaxsh meva

Olma – shoh – shabbasi ancha qalin boʻlib , oʻsadigan boʻyi 3-12 metrga boradigan daraxt , ildizlari yerga chuqur kirib boradi . Tanasining poʻstlogʻi sal qoʻngʻiroq tustda , goho yoriqlari boʻladi . Barglari navbatma-navbat joylashgan bandli , serbarg tuxumsimon shaklda . Gullari oq yoki sal pushtiroq , diametri ba’zan 5 smga ham boradi , gulbarglari teskari tuxumsimon shaklda . Bir dona mevasi vazni 15g dan 400g gacha boʻladi . Tarkibida ftuktoza 6,5-11,8 % , saharoza 2,5-5,5% ,organik (olma va limon ) kislotalar 0,2-1,6% , vitamin S 5-30 mg , pektin kabi moddalar kiradi . Mevasi yangiligida yeyiladi , qoqi , konserva , murobbo , kampot , talqon kabilar qilinadi .

Xalq tabobatida Olma mevalaridan kamqonlikda davo qilish uchun qabziyat va me’da shirasidagi kislotalar yetishmaydigan paytlarda hazm sistemasi ishini asliga keltiradi , surunkali bod , tovush boʻgʻilishi , ich qotishini oldini olishda , kamqonlik , qoʻl oyoq zirqirab ogʻrishini oldini olish , oshqozon -ichak yoʻlining yalligʻlanishi , siydik kislotani hosil boʻlishiga toʻsqinlik qilish kabi kasalliklarga davolashda foydalaniladi . Shu bilan birgalikda yashil olma parhez vositasi sifatida ham qoʻllaniladi . Xushboʻy , shirin va nordon olmalar yurakni quvvatli qiladi . Olma zaif me’dani quvvatlantiriladi . Xamirning ichida pishgan olma ishtahani ochishda foydalaniladi . Olma talqoni me’da baquvat qiladi va qart qilishni toʻxtatadi . Sharq tabobatining buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sino ham har kuni uxlashdan oldin bitta olma yeyishni tavsiya etgan . Olma turli tuman vitaminlar , mikro elementlar va boshqa foydali moddalarning makoni hisoblanadi , uning tarkibida C , B1 , B2 , P , E vitaminlari karotin , kaliy , temir , marganest , kalsiy , pektinlar , qand moddasi , organik kislotalar mavjud . Tadqiqotchilar kuniga 2 dona olma iste’mol qilish organizmdagi xolisterin miqdorini 16 % ga kamayishini aniqlashgan . 2 dona , oʻrta boshli piyoz va 4 piyola koʻk choy bilan iste’mol qilinsa , insonda kechadigan yurak hurujini oldini oladi . Shirin olmani yeyish tanaga huzr bagʻishlaydi , jismoniy quvvatni oshiradi va agar me’daga safron xilti boʻlsa , oʻzi ham darhol safroga aylanadi . Agar buni pishirib yeyilsa , quruq yoʻtalga darmon boʻladi . Suvini qandli sharbat va goʻsht suvi bilan ichilsa xushdan ketish illatini daf etadi . Suvini to quyulguncha olovda qaynatib yoki uning sharbatini ichilsa hamma jihatdan kuchli boʻladi , ayniqsa rohat bagʻishlash , me’da va yurak quvvatini oshirishda ta’siri zoʻr boʻladi
Zamonaviy tibiyotda: Olma qon bosimni pasaytiradigan , yalligʻlanishni qaytaradigan , kam qonlikka davo boʻladigan , siydik haydaydigan vosita tariqasida foydalaniladi . Podagra va siydik -tosh kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarga olma ancha yordam beradi . Olmada kaliy tuzlari boʻlganligidan uni yurak kasalliklarida ham buyuriladi , olma kishining koʻnglini ochib , ruhini tetiklashtiradi .