Na’matak haqida qiziqarli ma’lumotlar

Oʻrta Osiyoda na’matak bir necha turi oʻsadi. Shulardan Begger na’matagi, oddiy na’matak Fedchenko na’matagi va itburun tabobatda ishlatiladi. Bular asosan boʻyi 2,5 mgacha boradigan buta oʻsimligi boʻlib, katta-katta tikanaklari boʻladigan kulrangroq tusli shoxlar chiqaradi.Gullari-bor qadar yirik, oq yoki sal pushtiroq rangda. Mevalari mayda, dumaloq yoki sal tuxumsimon, toʻq qizil shohida deyarli qora boʻladi. May – avgustda gullaydi; mevalari iyuldan boshlab, sentabrgacha yetilaveradi.
Ta’siri va qoʻllanilishi xalq tabobatida na’matakdan qon toʻxtatadigan, tinchlantiradigan, talvasalarga qarshi ta’sir koʻrsatadigan vosita tariqasida turli kasalliklarning davosi uchun keng qoʻllaniladi. Uni vitaminlar yetishmovchiligida, ayniqsa lavsa kasalligida, jigar, oʻt yoʻllari, quloq shamollashda burundagi xavfli oʻsimtani davolashda, qovuq kasalliklarida, me’da va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligida, shuningdek oʻt-tosh va siydik-tosh kasalliklarida ham ishlatiladi. Qadimda na’matakning gul barglaridan dori tayyorlashgan va shu dorining ta’sir qilish a’zolarini keltirib oʻtamiz; tish ogʻrigʻida, tomoq ogʻrigʻida, yurak oʻynoqiligida, sariq kasalligida davo qilish, koʻngil aynish, qayt qilishni toʻxtatish va me’dani mustahkamlashda ishlatilgan. Na’matak gulbarglari yaxshigina siydik haydaydigan va surgi vositasi oʻrnida ham foydalanishgan.

Zararlari va qarshi koʻrsatmalar
Na’matakdan shifobaxsh vosita sifatida foydalanish uchun ko’plab ko’rsatmalar mavjudligiga qaramay, u inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Shu sababli uni qo’llashdan oldin mavjud bo’lgan qarshi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Na’matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya etilmaydi:
-Oshqozon sekretsiyasining oshishi (kislotalik darajasi ortishi);
-Gastrit rivojlanishiga moyillik yoki kasallik tashxislanganligi;
-Anamnezda pankreatit mavjudligi;
-Allergik (dermatologik) holatlarga moyillik;
-Tomirlarda tromblar shakllanishi, tromboflebit rivojlanishi;
-Endokardit (yurak mushaklarining yallig’lanishi).
-Obstruktiv sariq kasallik rivojlanish ehtimoli mavjud;
-Safro sekretsiyasini sekinlashtiradi;
Yodda tutish kerakki, salbiy oqibatlar ko’pincha dori-darmonlarning dozas ini noto’g’ri tanlash natijasida rivojlanadi. Ushbu o’simlikning odam uchun kundalik me’yori — 10 tagacha mevani tashkil qiladi. Bunda ularni maydalab, choyga qo’shish mumkin.
Zamonaviy tabobatda: Na’matak mevalarning zararlangan toʻqimalar et olishini tezlashtirib, gormonlar sintezini kuchaytiruvchi, uglevodlar almashinuvi, tomirlar oʻtkazuvchanligi yaxshi yaxshi ta’sir koʻrsatishi aniqlangan. Na’matak mevalari nefrit, gepatit, xolisnxisit, enterib, vabosil, me’da yara singari kasalliklarda, shuningdek ateroskleroz davosiya ishlatiladi. Bundan tashqari, ulardan na’fas organlarining yalligʻlanish kasalliklari, koʻz kasalliklari bronxial astmaga davo qilish uchun ham foydalaniladi. Na’ matak mevalari, oʻt-tosh va siydik-tosh kasalliklari, gipertoniya, stenokardiyada va qon ketayotgan maxallarda xam ancha naf beradi. Na’matak urugʻlaridan moy olinadi, bu moy bir qancha teri kasalliklari, trofik yaralar, yarali kolit kasalliklari davosiya ishlatiladi. Na’matakdam tayyorlangan galet preparatlar, qaynatma, damlama ekstraktlar yalligʻlanishga qarshi, oʻt va siydik haydaydigan ta’sir koʻrsatadi, me’da-ichaklar ishini rivojlantiradi, lavsha kasalliklariga juda yaxshi davo boʻladi. Na’matak tarkibida boʻladigan vitamin C askorbinat kislota organizmning zararli omillarga qarshiligini kuchaytiradi, bundan tashqari, uning sklerozga qarshi ta’sir koʻrsatishi tajribalarga aniqlangan.