Mingdevona haqida bilasizmi?

Mingdevona-badbo’y hidi bo’ladigan ikkki yillik o’tsimon o’simlik. Birinchi yilifaqat ildizlariga yaqin joyda barglar chiqaradi. Ikkinchi yili poya beradi, barglari navbatma-navbat jolashgan bo’lib, poyasini o’rab turadi. Yer ustki qismining hammasi tuk bilan qoplangan. Gullari yirik, gultojisi besh yaproqli, gungurt sariq rangda bo’lib, pastki qismida binafsharang suyuqligi bor. Mevasi ko’p urug’li chanoq. Ekinzorlar, dalalar, qo’riqlar, qishloq yo’llari chetlarida, tashlandiq joylar, axlatxonalarda kichik-kichik to’da bo’lib o’sadi, zich changalzorlarxosil qilmaydi. Aprel-iyulda gullaydi, urug’lari may-avgutda oylarida yetiladi. Barglari o’simlik qiyg’oq gullaydigan davrda-avgustva sentabroylarida terib olinadi. Bu o’simlikning hamma qismlarijuda zaharli. Yig’ib olingan xomashyo og’izni yaxshi berkitiladigan shisha yoki sopol idishlarda saqlanadi. Barglarida juda zaharli alkoloidlar:giossiamin, atropin, skopalamin bor. Bular barglarida 0.1% gacha, poyalarida 0.02% atrofida, urug’larida 0.06-0.1% va ildizlarida 0.15-0.18% atrofida bo’ladi. Barglarida alkoloidlardan tashqari bir qancha glikozidlar, rutin va boshqa flavonoidlar ham bor, urug’larida 34% ga qadar qurib qolmaydigan moy olingan.
Ta’siri va qo’llanilishi: O’rta Osiyo xalq tabobatida mingdevona og’riq qoldirish uchun ishlatiladi, barglaridan olinadigan shirasi o’smalar va quloq og’rig’iga davo sifatida buyuriladi. Urug’laridan aroqda tayyorlangan ekstrakti talvasa tutganda ishlatiladi. Barglaridan tayyorlanadigan malhamni yaralarga yiringlardan tozalash uchun qo’yiladi. Ibn Sino barglaridan siqib olingan suvini ko’z va tish kasalliklarida, asab kasalliklarida, bachadon og’riqlarida og’riq qoldiradigan dori o’rnida va bachadondan qon ketayotgan mahalda qon to’xtatadigan vosita tariqasida ishlatishni tavsiya etgan. Mingdevonani u yo’talo’smalar, yallig’lanish kasalliklarida tunchlantiruvchi hamda og’riq qoldiruvchi vosita tariqasida ishlatiladi.
Zararli tomonlari: O’simlikning barcha qismlari zaharli. Ammo ko’p hollarda uning urug’lari bilan zaharlanadilar. Urug’larda o’simlikning boshqa qismlari singari kuchli ta’sir etuvchi alkoloid – giossiamin, skopolamin va atropinlari bor. Zaharlanish yuz berganda avval og’iz qurishi, teri qizarishi, so’ng toshmalar toshishi, chanqoq, ko’ngil aynishi, qusish, yurak faoliyati buzilish, tomir tortishishlar va oxiri ruhiy tartisizlik ro’y beradi. Zaharlanish belgilari juda tez: 10 min dan to 15 soatgacha vaqt ichida yuzaga chiqadi. Birinchi belgilar paydo bo’lgandayoq shifokorga murojat qilish lozim.
Zamonaviy tabobatda: mingdevonani preparatlari(quruq, ekstrakti, mingdevona moyi) spazmalarini bartaraf etuvchi va og’riq qoldiruvchi vosita tariqasida, mingdevona moyi esa revmatik va nevralgiya xolatida og’riq qoldiruvchi dori tariqasida badanga iylash uchun ishlatiladi. Mingdevona barglari astma ga qarshi vositalar-asmatol va astmatin tarkibiga kiradi. Mingdevona preparatlari ichak, o’t va siydik yo’llari silliq muskullarining spazm, yani qisqaribtortib turishini bartaraf etadi, bronxlarning silliq muskullariga kamroq ta’sir o’tkazadi. Ular har xil bezlar (so’lak bezlari, me’da ba ter bezlari) ning sekretor funksiyasini susaytirib qo’yadi, shu sababdan bu preparat ishlatilganda odam og’zi quriy beradi.