Lavlagi sharbatining darmondoriligi

Lavlagi: bir yoki ikki yillik o’tsimon o’simlik. Ildiz mevalilar jumlasiga kiradi, ildiz mevasi shakli sholg’omga o’xshash bo’lib, qizil goho oq yoki sariq, poyasi to’g’ri o’sadigan, shoxlanadigan oddiy poya. Barglari navbatma-navbat joylashgan, cho’zinchoq yoki tuxumsimon, uzun bandli. Gullari mayda, ikki jinsli. Iyundan sentabrgacha gullaydi. Lavlagi ildizmevasida 9%gacha qand, 4%gacha oqsil moddalar,talaygina kletchatka, gemisellyuloza, organik kislotalar, mineral tuzlar bor. Har xil pigmentlar, yani bo’yoq moddalari ko’p. Lavlagida har xil vitaminlar (vitamin E, C, B1, B2, B6 va boshqalar), shuningdek turli mikroelementlar ham bor. Yod, marganis va kaliy tuzlari, ayniqsa ko’p.
Ta’siri vaqo’llanilishi: xalq tabobatida kamqonlik, lavsha kasalligi, zotiljam, sil kasalligida, bronxlar kasalliklarida yangi lavlagi suvini ichish buyuriladi. Lavlagi qaynatib, surgi va siydik haydaydigan vosita tariqasida iste’mol qilinadi. Ildiz mevalarini, shuningdek, barglarini ezib, yaralar, jarohatlarga, chipqon va kuygan joylarga malham qilib qo’yiladi. Ibn Sino fikriga qaraganda, lavlagi jigar va taloqning bitib qolgan joylarini ochadi, lavlagi suvi sepkillar, so’gallarni yo’qotadi. Buyrak, quvoq kasalliklari, bavosilda lavlagi ancha naf beradi. Lavlagini xomligicha yeyish tavsiya etilmaydi, chunki banda me’daga zo’r keladi.
Burun-xalqum kasalliklarida
Burun-halqum qurishi bilan kechadigan surunkali faringit va laringitni davolashda hamda ovoz bo`g`ilganda shunday muolajani qo`llang: bir dona lavlagini suvda pishirib, qirg`ichda qiring, dokaga solib siqing. Keyin uchta teng qismga bo`lib, bir oy davomida har kuni uch mahal ovqatlanishdan oldin tomog`ingizni chaying.
Qabziyatda (ich qotganda) och qoringa 50-100 gramm qaynatilgan yoki bug`da pishirilgan lavlagi ustiga ozroq o`simlik moyi quyib eyish lozim. Lekin surunkali qabziyati bor kishilarga bu muolajaning ta`siri kamroq bo`ladi.
Immunitetni mustahkamlayudi
Ilgari qizil lavlagidan faqat dori sifatida foydalanishgan ekan. Hozirgi zamon olimlari esa uning salomatlik va uzoq umr ko`rishga katta ta`sir ko`rsatadigan mo“jizakor ne`mat ekanligini tasdiqlamoqdalar. Tarkibidagi vitamin A va vitamin R tomirlarni qayishqoq va mayin qiladi, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa gipertoniya rivojlanishining oldini oladi. Lavlagida betain degan organik modda bor, u qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, jigar ishini me`yorlashtiradi. Bu ne`mat tarkibidagi vitamin S organizmning infeksion va shamollash kasalliklariga qarshilik kuchini oshirib, immunitetning mustahkamlanishida ko`maklashadi.
Lavlagi sharbatining foydali hususiyatlari:
1. Lavlagi sharbati- inson salomatligida, gripp va shamollashda immunitetni ko’tarishda ayniqsa katta yordam beradi. Tajribalardan ma’lumki, lavlagi sharbati ichib yuradigan odamlar, gripp va shamollash bilan kamdan-kam hollarda og’riydi, kasal bo’lgan taqdirda ham darrov tuzalib ketadi.
2. Lavlagi sharbatini haftasiga uch marta iste’mol qilish organizmdagi zararli moddalar darajasini darxol kamayishiga, ayniqsa xolesterinning tushishiga yordam beradi.
3. Lavlagi sharbati organizmdagi hujayralarni yoshartirishga imkon beradi. Mazkur sharbatni kerakli miqdorda ichib yurgan kishilar ancha tetik va sog’lom ko’rinishga ega bo’ladilar.
4. Lavlagi sharbati eritrositlar ishlab chiqarishda va buning natijasida gemoglobinniko’tarilishida yordam beradi.
5. Lavlagi sharbati kamqonlikdan aziyat chekayotgan insonlarga judayam foydali hisoblanadi.
Zamonaviy tabobatda: lavlagi ildizmevalridan gipo va anasid gastridga davo qilish uchun ishlatiladigan betain xloridaasidol ajratib olingan. Asidol o’smalarning o’sishini to’xtatish xususiyatiga ega. Suvda tayyorlangan lavlagi ekstraktlari 25-100 ml dan ichib turilganida sezilarli darajadao’t haydaydigan ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ularni o’t pufagi va jigar kasalliklari davosiga ishlatiladi. Qaynatib pisgirilgan lavlagi, ayniqsa, yangi lavlaginiqirib olingan suvi diabet kasalligida, qabziyat, kamqonlik mahallarida ancha naf beradi. Lavlagitipeotoksikoz, ateroskleroz bilan og’rigan kishilaga ham foydalidir.