Karamning foydali xususiyatlar

Posted byNodira Posted onAprel 13, 2020 Comments0
Unnamed.jpg

Karam-ikki yillik o’tsimon o’simlik sabzavot. Ildizi-o’q ildiz. Poyasi-birinchi yili kalta, ikkinchi yili tik o’sadigan, silindirsimon, uzun bo’ladi. Karam barglari birinchi yili juda yirik barg kurtak-karam boshi hosil bo’ladi. Karam boshining ichiga kaltagina yo’g’on poyasi-o’zagi bo’ladi. Uning yuqori qismida barglar bir-biriga juda zich taqalib joylashgan. Tashqi barglar yirik-yirik, to’q yashil rangda, ichkarisidagilar och rangda bo’ladi. Gullari oq yoki och sariq, ko’p gulli shingil hosil qiladi. May-iyunda gullaydi, mevalari iyun iyulda yetiladi,yirik bo’ladi. Karam tarkibida 0,2%gacha yog’lar, 2%gacha qand moddalari, talaygina mineral moddalar, fermentlar, glikozid, 16taga yaqin erkin aminokislatalar, vitamin C, P, B1, B2, B6, K va boshqalar bor, karamda kletchatka ko’p. Karam suvi o’stiruvchi gormonal moddalar va fermentlarga boy, unda me’da yarasiga davo bo’ladigan modda (vitamin U)ham bor.

Ta’siri va qo’llanilishi: xalq tabobatida karam me’da, jigar, buyrak kasalliklari podagraga davo qilish uchun foydalaniladi. Yangi karam barglari badanning kesilgan, yara bo’lgan, lat yegan joylarga, mastitda ko’krakka qo’yiladi. Sariq kasalligi, taloq kasalliklari, gastritlar va me’da yara kasalligi, o’pka sili, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklarida yangi karam suvi buyuriladi. Karam ildizlari va o’zagi o’smalarga davo bo’ladi. Ibn Sino fikriga qaraganda, karam poyalarining kuli yara-charalarni juda qurutib, og’riqni qoldiradi. Karam suvi eskirib ketgan yaralarni bitishini tezlashtiradi. Karam qaynatmasi va urug’lari qasmoqni tushiradi, peshobni kuchaytiradi. Bo’g’im og’riqlari, podagrada urug’larining qaynatmasi durustgina naf beradi, bu qaynatma siydik haydaydigan vosita tariqasida ham ishlatiladi. Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan ko’kargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib qo’yilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi. Karam sharbati asab qo’zg’alish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi. Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi, qon bosimi, jigar va buyraklarida xastaligi bo’lgan kishilarga tuzlangan karam iste’mol qilish ruxsat berilmaydi. Karam sharbati ichish yuzga toshgan sepkildan forig’ bo’lishga sabab bo’ladi.

Zamonaviy tabobatda:karam suvi me’da yarasining oldini olishi, me’da yarasining bitib ketishiga yordam berish isbotlangan. Karam suvi tarkibida bo’ladigan vitaminlar U gijjalarga, sklerozga qarshi, fibrinolitik xassalarga egadir, u bo’yiga bo’lishni ham saqlay oladi, bakteriya va zamburug’larga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Me’daning yara kasalligi, aterosklerozga, jigar kasalliklari, gush (egzema), psoriaz, neyrodermit, qandli diabet, yurak, buyrak kasalliklari va boshqalarga davo qilish uchun karam suvi buyuriladi.

Category

Leave a Comment