Isiriqning foydali hususiyatlari

Posted byNodira Posted onAprel 9, 2020 Comments0
I0ebagxv2myoc4 3ordbr5oo9aplmkfi Xl.jpg

Isiriq – pastakkina bo’lib o’sadigan bo’yi 30-60 sm ga boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik , ildizlari yo’g’on , yog’ochsimon , uzunligi 2-3 sm ga boradigan o’q ildiz . Barglari navbatma-navbat joylashgan patsimon qirqilgan . Gullari och sariq tusda , changchilari ko’p , mevalari sharsimon chanoqcha , ichida quvrir tishli yirik – yirik urug’lari bo’ladi . Gullash vaqti – may , iyun . Urug’lari iyul oxiridan to avgustgacha yetilaveradi

Ta’siri va xalq tabobatida qo’llanilishi: Xalq tabobatida isiriq o’tidan tayyorlangan vannalarni revmatik artritlar , qo’tir va boshqa teri kasalliklarda o’tining qaynatmasini shamollash kasalliklari ,muskul ogʻriqlari , falajlar vaqtida ishlatiladi , jarohatlar bitishini tezlashtiradi , tish ogʻrigʻi , bezgak , nevrasteniya , quyonchiq kasalligida shuningdek uxlatuvchi va ogʻriqni qoldiruvchi vosita tariqasida buyuriladi . Oʻrta Osiyo xalq tabobatida quyonchiq , nevrasteniya , zaxm , bezgakda , me’da – ichak yoʻli kasalliklarida , tish ogʻrigʻi , bod , astma , mastopatiyada , mijoz sustligida uning qaynatmasi buyuriladi , shuningdek , undan terlatuvchi va gijja tushiruvchi vosita tariqasida hamda gripp kasalligining oldini olish uchun foydalaniladi . Oʻti va urugʻlari koʻp teguvchi va bosh ogʻriqlariga qarshi tutatqi qilinadi . Bu oʻsimlikning shirasi katarakta kasalligiga davo boʻladi . Isiriq urugʻlaridan asablarni tinchlantiruvchi vosita sifatida , shuningdek , branxil astmada qoʻllanilinadi , uy – joylarni dezinfiksiyalash maqsadida tutatib qoʻyilgan . Teng miqdorda isiriq va zigʻir aralashmasidan tayyorlangan qaynatma nafas qilishi , astmada , qalattmpir bilan birgalikda zahmda , bod kasalligida ishlatilgan

Zamonaviy tabobatda Isiriq , alkoloid garmin ( xloridli tuzi ) epidemik ensefalitdan keyin qolgan asoratlarda , shuningdek , titroq , falaj va parkinson kasalligiga davo qilish uchun qoʻllanilsa , ” peganin ” degan preparati miasteniya antixolinesteraz vosita , shuningdek , surgi dori tariqasida ishlatiladi . Bu oʻsimlikning ildizlari va urugʻlari davlat farmakopeyasiga kiritilgan . Tajriba sharoitida garmin asablari tinchlantiruvchi va uxlatuvchi , shuningdek , hashoratlarni oʻldiruvchi ta’sir koʻrsatadi .

Maydalangan isiriq oʻtidan choy qoshiq miqdorida olib ustiga qaynoq suv qoʻyiladi-da , ikki soat damlab qoʻyiladi . Keyin suzib olib , bir osh qoshiqdan kuniga 2 -3 maxal ichiladi .

Category

Leave a Comment