Gilos haqida

Gilos
Bo’yi ba’zan 15-20m ga ham boradigan daraxt. Shoh-shabbasi uncha qalin emas. Barglari tuxumsimon yoki ellipsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, bandli. Gullari oq, diametri 5 sm gacha boradi, to’kilish mahaliga kelganida pushtiroq tusga kiradi. Mevasi-dumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo’ladigan danakli meva, sersuv, etdor, qizil, sariq, pushti yoki deyarli qora rangda. Aprel-may oyida gullaydi, mevalari may-iyunda yetiladi. Gilos mevasida 10% gacha qand moddalari, gemisellyuloza, kletchatka, pektin organik kislotalar, mineral moddalar, shuningdek vitamin C, B, B1, B6, karotin bor bulardan tashqari, gilos mevalarida flavonoid glikozidlar, oshlovchi va bo’yoq moddalar, shuningdek efir moyi topilgan.

Ta’siri va qo’llanilishi
Xalq tabobatida gilos mevalarining suvi va qaynatmasi ishtahani ochish va ovqat hazmini yaxshilash uchun, nafas yo’llari yallig’lanish kasalliklarida balg’am ko’chiradigan vosita tariqasida, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan shamollash kasalliklari vaqtida uissiqni tushiradigan va umuman quvvatga kirgizadigan vosita tariqasida ishlatiladi. Gilos mevalari ho’lligicha yoki xom holida iste’mol qilsa, ichni yumshtadigan ta’sir ham ko’rsatadi. Gilos gullariva barglaridan qo’shib tayyorlangan malham yara-jarohatlar, chipqonlarga qo’yiladi. Afg’oniston xalq tabobatida gilos meva bandlaridan tayyorlangan qaynatmani buyrak tosh kasalligi davosiga buyuriladi.
Gilosning foydali xususiyatlari
Gilos shakar, organik kislotalar, vitamin va minerallarga juda boy meva bo’lib, u bizga quyidagilarda yordam beradi:
- qon tomirlarini mustahkamlashda;
- qonning tarkibini yaxshilashda;
- organizmni toksinlardan tozalashda;
- xolesterin miqdorini tushirishda;
- Oshqozon-ichak trakti faoliyatini faollashtirishda;
- qon bosimini tushirishda.
Gilos shirin ta’mdaligi sabab ham organizmga to’qlik hissini bag’ishladi. Lekin shunga qaramasdan ham juda kam kaloriyani saqlaydi. O’z vazniga e’tibor beruvchilar undan bemalol, xohlagan miqdorda iste’mol qilishlari mumkin.
Vitaminlarini yo’qotmasin desangiz, unda gilosni xomligicha iste’mol qiling. Undan murabbolar tayyorlanilganda, afsuski, undagi ko’pgina foydali moddalar nobud bo’ladi.
Gilosning 100 grammi 50 kKalni tashkil qilib, ulardan 1.1 grammini oqsillar, 0.4 grammini yog’lar va 11.5 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Gilosning zararli tomonlari nimada
Gilosda shakar miqdori ko’pligi sabab, asosan uni qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari u allergiyani chaqirishi sabab ham, yosh bolalarga ko’p miqdorda berish tavsiya qilinmaydi. Aytgancha, sariq va sariq-pushti rangli giloslarda qizil gilosga nisbatan allergiyani chaqiruvchi moddalar kamroq bo’ladi.
Zamonaviy tabobatda
Gilos mevalaridan kamqonlik, giperasid gastrit, me’da-yara kasalligi, ichak anatomiyasi, spastik kolitlarda paehez voista sifatida foydalaniladi. Gilos bolalar ovqati uchun meva suvi, kampot va gul meva holida ham ko’p qo’llaniladi.