Buyrak xastaliklari

Posted byNasiba Posted onAprel 18, 2020 Comments0
Buyrak Shamollashi

Buyrak xastaliklari ham koʻpincha shamollash, zaharlanish, buyrakda tosh yigʻilishi, shuningdek tez-tez peshobni boʻshatmasdan qovuqni muntazam to’ldirib yurishdan ham kelib chiqishi mumkin. Buyrak xastaliklarini davolashdan shifobaxsh ne’matlardan loviya, qovoq, bo’yimadaron, semizo’t, qovun, bexi va uzumdan foydalanish mumkin. Buyrak xastaliklarida qarshi davo sifatida loyiya qopchasi bilan birga foydalaniladi. Bunda bir siqim loviyaga 1stakan suv qo’shib, yarim soat davomida xar kuni 3 mahal ovqatdan oldin 100-150 gr dan ichib turiladi.

Qovoq ham buyrak xastaligini ishlatiladi. Qovoq juda xosiyatli taom bo’lib, Ibn Sino uning xom eti shirasidan buyrak kasalini davolashda foydalangan. Buyrak xastalangan bemorga qovoq urug’idan choy tayyorlab ichish tavsiya etiladi.

Bo’yimadaron o’simligidan Ibn Sino buyrak toshini maydalashda va tushiribda foydalangan. Buning uchun og’zi yopiladigan idishga bir stakan qaynab turgan suv qo’yiladi va o’simlikning yer ustki qisimidan bir osh qoshiq solib. 1 soat damlanadi, so’ngra dokadan suziladi, damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi, davolanish 10 kundan 3-4 kun dam berish bilan qaytarilishi mumkin. Bu rasmdagi bo’yimadaron dashlarda o’sadigan turidan

Semizo’t o’simligi tarkibida ko’p miqdorda C vitamini, qand, alkagolid, glikozid,, fosfor, kalsiy unsurlari bor. Ibn Sino uning damlamasini buyrak xastalliklarini davolashda qo’llagan va o’ta shifobaxsh ekanligini alohida takidlagan.

Dorilanmagan qovun eti ham bu kasalga davodir.

Uzum sharbatini iste’mol qilib turish ham foydali. Bundan tashqari Ibn Sino bexining siqib olingan sharbatiga asal va sirka qo’shib , shifobaxsh dori tayyorlagan. Bizga ma’lumki, agar inson organizmida K vitamini kamayib ketsa ham buyrak xastaligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun K vitamini bor mahsulotlarni iste’mol etib turish tavsiya etiladi.

Makkajo’xori ham buyrak bezlarining faoliyatini yaxshilaydi. Qadimiy Sharq tabobatiga oid qo’l yozmalarida quyidagi shifolar xususida aytib o’tilgan; -no’xatni ezib, bir choynakka achchiq qilib damlab, muntazam ichib yurilsa, buyrak va qovuqda paydo bo’lgan tosh tushib ketadi; -sarimsoqni pishirib, turp urug’i bilan birgaiste’mol qilinsa, buyrak toshining tushishiga yordan beradi.

100 gr tomirli barra petrushka va bir dona kattaroq selderey tomirini maydalab to’g’rab, unga 100 gr toza asal va 1 litr suv qo’shiladi, so’ngra past olovda qaynaguncha aralashtiriladi va 3 kun tindirib qo’yiladi. Keyin yana 1 litr suv qo’shib qaynatiladi va sovutmasdan turib dokadan suziladi. Tayyor bo’lgan ichimlik3 osh qoshiqdan ovqatdan oldin ichib turilsa buyrakdagi qumni tushiradi.

Buyrakda paydo bo’lgan tosh kishiga azob bersa, bezovta qilsa, temirtikanak o’simligidan ham foydalanish ham mumkin. Buyning uchun o’simlikning yuqori qismidan damlama tayyorlanadi. shu damlamaga tok zangining kulini aralashtirib ichib yurish tyavsiya etiladi.

Buyrak kasalida yana quyidagi shifobaxsh o’simliklar tavsiya etiladi: Ibn Sino gulhayri o’simligining ildizi, bargi urug’idan damlama tayyorlab, buyrak kasalliklarini davolashada ishlatgan. Damlamani tayyorlash uchun uchun bir idishga 2 stakn qaynab sovugan suv quyiladi va 4 choy qoshiq gulhayrining maydalangan ildizidan solib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

Sariqzira Qizilqum cho’llarida uchraydi. O’simlikning mevasi pisha boshlagach, yer ustku qismi o’rib olinadi. Mevasinui olib, buyrakdagi toshni tushirish uchun iste’mol etish tavsiya qilinadi.

achambiti O’zbekistonning barcha yerlarida: yo’l yoqalarida, dalalarda, bog’larda uchraydi. O’simlikning mevasi yetilgan davrida yer ustki qismi o’rib olinadi va soya joyga quritiladi. Xalq tabobatida o’simlikdan damlama tayyorlanib, buyrak kasalliklarini davolashda ichiladi. Damlamani tayyorlash uchun idishga bir stakan qayna turgan suv qo’shib, ustiga o’simlikning maydalangan yer ustki qismidan bbir osh qoshiq solinadi va idisgning qapqog’i yopib, 2 soat damlab qo’yiladi, so’ngra dokadan suziladi. Kuniga 4 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.

Qirqbo’g’im O’zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ariq va daryo bo’ylarida, nam joylarda, ekinzorlarda o’sadi. O’simlikning tarkibida saponin, nikotin, organik kislotalar va birikmalar oshlovchi moddalar bor. Qirqbo’g’imdamlamasi siydik haydovchi, buyrak va yurak kasalliklarida foydalanilgan. Shuningdek qon aralsh ich ketganda, qon tupurganda, burundan qon oqqanda, o’pka silida foydalaniladi. Damlama tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishga 2 stakan qaynab turgan suv qo’yilib, ustiga qirqbo’g’imning quritib maydalangan yer ustki qismidan 4 osh qoshiq solinib damlanadi. So’ngra dokadan suzib, issiq xolida damlamadan kun bo’yi oz-ozdan ichiladi

Category

Leave a Comment