Bug’doy

Bug’doy
Bug’doy bir yillik o’tsimon o’simlik bo’lib, doni uchun hammadan ko’p ekiladigan g’alladir. Donining yumshoq va qattiqligi, rangi, yirik-maydaligi jihatidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha navlari bor. Hammadan qimmatli xossalarga ega bo’lgan ko’pgina yumshoq va qattiq navlari yetishtirib chiqarilgan. Bug’doy eng ko’p tarqalgan g’alla ekinlaridan biri bo’lib viloyatning barcha tumanlarida yetishtiriladi. Yumshoq va qattiq, bug’doy donlarida 12.5% gacha oqsillar, 60% atrofida uylevodlar,1.5%gacha yog’lar, efir moyi, 10 xildan ortiq vitaminlar, necha o’n xillab minerallar, fermentlar va boshqa bir qancha moddalar bor. Bug’doy tarkibida almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar ham bo’ladi.
Ta’siri va qo’llanilishi
Xalq tabobatida bug’doy non mag’zidan qaynatma tayyorlab, ichketar mahallida ichiriladi. Bug’doy non mag’zini issiq suvga bo’ktirib qo’yib, modda va shishlarning ustiga malham qilib qo’yiladi. Bug’doy doni qaynatmasini umuman quvvatgakirgizadigan ichimlik o’rnida buyuriladi. yuqori nafas yo’llari yallig’langanida va odamni qattiq yo’tal tutib turadigan mahallarda bug’doy kepagi qaynatmasini asalga aralashtirib ichiladi. Shamollash kasalliklarida odamni terlatish va issig’ini tushirish uchun har xil ugra oshlariga piyoz to’g’rab ichish buyurilasdi. Yangi ko’zi yorigan ayollarga bug’doydan halvaytar yoki atala tayyorlab beriladi. Yoshi o’tib qolgan va mudom ichi qotib yuradigan odamlarga ovqatdan oldin kuniga 2-3 mahal 50-100 g dan bug’doy qug’irmochi yeb turish buyuriladi. Bahor kezlari bug’doydan ko’p kasalliklarning oldini oladigan shifobaxsh sumalak pishiriladi. erkak va ayollar gushtsizligida davo qilish uchun yetilmagan bug’doy donining sutini olib, ovqatdan 20 daqiqa ilgari 0.5 stakandan kuniga 2-3 mahal ichish buyuriladi. Ibn Sino sepkillarni yo’qotish uchun bug’doy uni, kraxmal va za’farondan malham tayyorlagan. Qadimgi tabiblar me’da, jigar va buyrakning turli kasalliklarida bug’don unidan tayyorlangan har xil taomlarni parhez tariqasida tavsiya etishgan. Hinda tabobatida bug’doy shishlar, rak va boshqa o’smalarga davo qilish uchun ancha rusm bo’lgan. Bo’g’imlar, paylar va tomirlar kasalliklarida davo qilish hamda ayollar sutini ko’paytirish uchun 5 xil dondan-bug’doy, kunjut, guruch, arpa va no’xatdan alohida dori tayyorlangan.
Zamonaviy tabobatda
Giperasid gastrid, me’da yara kasalligi bilan og’rigan bemorlarga alohida pishirilgan non mahsulotlari buyuriladi. Gipertoniya kasalligi, qandli diabet, surunkali kolit bilan og’rigan kasallarga mo’ljallab tayyorlanadigan alohida non mahsulotlari ham bor. Lekin yangi non me’dadan shira ajralishini kuchaytiradi, qiyinroq va sekinroq hazm bo’ladi, shu sababdan uni me’da yarasi bor kasallarga maslahat ko’rilmaydi. Bug’doy kepagi B guruh vitaminlari, kletchatka, mineral moddalarga juda boy, shu sababdan undan qabziyat, semizlik, gipertoniya, o’t-toshi kasalligi va aterosklerozda keng foydalaniladi.