Bosh ogʻrigʻi

Posted byNasiba Posted onAprel 12, 2020 Comments0
I.jpeg

Shamollash , boshning shikaslanishi yoki lat yeyishi va turli xil asab xastaliklari oqibatida bosh ogʻrigʻi kasalliklari paydo boʻladi . Bosh ogʻrishini davolashdan oldin uning kelib chiqish sabablarini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir . Biz mazkur oʻrinda bosh ogʻrigʻining zoʻriqish oqibatida kelib chiqishi xususida yozmoqchimiz . Zoʻriqishlar tufayli sodir boʻladigan bosh ogʻrigʻi qiynagan ayollarga har kuni kechqurun uyqudan oldin qaynagan suvda eritilgan qand eritmasidan bir osh qoshiq ichib turish tavsiya qilinadi . Bir siqim shaftoli bargidan olib , choynakka solinadi va ustiga qaynoq suv quyiladi , bir oz fursat oʻtgach , sharbat damlama hosil boʻladi . Shu damlamadan bir piyola ichilsa , terlash ta’sirida oʻn besh daqiqada bosh ogʻrigʻi qoladi . Bosh ogʻrigʻidan togʻrayxon oʻsimligidan ham foydalanish mumkin . Bu oʻsimlikni avgust oyida oʻrib qishga gʻamlab qoʻyish mumkin . Ular tarkibida efir moylar , tanid , karotin , moddalari , C vitamini va boshqa dorivor moddalar mavjud . Bu oʻsimlikning damlamasiga bosh yuvilsa , bosh ogʻrigʻi toʻxtaydi . Damlama tayyorlash uchun : 2 choy qoshiq togʻrayhon kukuni 400 gr qaynoq suvga solinib , damlanadi . Dokadan suzib soʻngra ishlatiladi .

Boʻyimadaron oʻsimligi bosh ogʻrigʻiga ham davo boʻlishini qadimgi Sharq tabobatidan ma’lum . Bu oʻsimlikdan foydalanish ham tavsiya etiladi . Kartoshka tarkibidagi mavjud boʻlgan moddalar ham bosh ogʻrigʻiga davo ekanligi ma’lum . Uning tarkibida B1 , B2 , PP , C vitaminlar , oqsil , yogʻ , kaliy , kalsiy , natriy , temir , fosfor va boshqa moddalar bor . Bosh ogʻrigʻini qoldirish uchun xom kartoshkaning suvidan bir piyola miqdorida iste’mol qilish zarur . Archaning yosh novdalaridan olinib quritiladi keyin yanchilib , bosh ogʻriganda kukunini hidlash tavsiya etiladi . Bodom ( chuchugi ) urugʻini qand bn ezib , bosh ogʻriganda yeyish tavsiya qilinadi . Poʻchogʻining qaynatmasi qizamiq chiqqan bolalarga ichiriladi .
Ibn Sino ituzumdan bosh ogʻriganda ogʻriqni qoldirish , shishlarni qaytarish uchun foydalangan . Quritilmagan oʻsimlikni maydalab ezib , boshiga , miyadagi shishgan joyga bogʻlashni tavsiya etadi . Ituzum shirasi bilan koʻz va tomoq ogʻriqlarini davolagan . Xar bir odam oʻz mijozini aniq bilib olish lozim . Sovuq mijozli kishilar moshli ovqatlarni , zira , qora murch bilan aralashtirib yesalar , yaxshi samara oladilar . Issiq mijozli kishilar esa , ayniqsa , mol , echki goʻshtidan tayyorlangan taomlarni , turp , karam , qovun va tarvuz kabi poliz mahsulotlarini koʻproq iste’mol qilishlari zarur . Bosh ogʻriganda moshli ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi . Karamning shirasi burunga tomizilsa , shu zahotiyoq miyani tozalaydi va bosh ogʻrogʻi toʻxtaydi. Olmaning ham hosiyatlari ham behihisobdir . Uning tarkibida shifobaxsh moddalar mavjud . Glyukoza , fruktoza , saharoza deb ataluvchi qand moddalari , organik kislotalardan hisoblangan pektin , kletchatka , mikroelementlardan temir , kaliy , marganest , mis , kolbat , C , B1 , B2 ,PP vitaminlar ham uning shifobaxshligini kuchaytiruvchi omillardir . Miya ogʻrigʻida ham olmaning sharbatini iste’ mol qilish tavsiya qilinadi .

Category

Leave a Comment