Aspirin tabletkasini biz bilmagan sirlari

Aspirin dorisi nafaqat ogʻriq qoldiruvchi, balki roʻzgʻorda asqotishi haqida.
Xusunbuzarlarni yoʻqotishga yordam beradi. Aspirin dorisi shamollashni olish xususiyatiga ega boʻlganligi bois, yuzdagi xusunbizarlarni kamaytirib, terini tinchlantiradi. Buning uchun 2-3ta dona aspirin tabletkasi maydalanib, limon soki bilan aralashtiring va yuzingizga surting. Bir daqiqadan soʻng yuvib tashlang, bu surtmani quyoshga chiqishdan oldin surtib chiqish mumkin emas.

Xashorotlarning chaqishida qichimalarning oldini oladi. Aspirin hashorotlar chaqqanda kelib chiqadigan shishlarni va qichimalarning oldini oladi. Bir dona tabletkani poʻchogʻini yuvib tashlang. Soʻngra dorini ichini birozgina suvga qoʻshib maz holatiga keltiring va chaqilgan joyga qoʻying bir necha daqiqa ushlab turing.
Yuzdagi teshikchalarni kichraytiradi. Tayyorlanishi uchun 5 daqiqa vaqtingizni oluvchi ushbu niqob yuz terisidagi teshikchalarni kichraytiradi silliqlashtiradi va tekislaydi. Buning uchun 1).7 dona qobiqsiz aspirin tabletkasi 2).3 osh qoshiq yogurt yoki smetana 3).1 qoshiq asal kerak boʻladi. Niqobni tayyorlab yuzingizga surting 3-5 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

Qazgʻoqni bartaraf etadi. Qazgʻoqni bartaraf etish uchun 2 dona aspirin tabletkasini maydalab bir marta yuvish uchun moʻljallangan shampunga qoʻshib boshingizni yuving.
Aspirin-eksfoliat (piling) 2-3 dona aspirin tabletkasi suvga aralashtirilib tanangizga yaxshilab surtib chiqing, birozdan soʻng yuvib tashlang tana terisini mayinlashtiradi. Agar yuzingiz nozik boʻlsa qoʻllamaganingiz ma’qul, aks holda qizartirib yuborish mumkin.
Oyoqdagi qadorlarni ketkazadi . 7 dona aspirin tabletkasini maydalab bir qoshiq limon sokiga aralashtiring. Hosil boʻlgan massani poshnangizga qoʻying va issiq xalatda ushlab turing. 10 daqiqadan soʻng yuvib tashlang.

Sochlarni mustahkamlaydi. Aspirin hatto sochlarni mustahkamlashda ham yordam beradi. Buning uchun bir plastinka aspirinni 1 piyola iliq suvga aralashtiring hosil boʻlgan maskani boshingizni yuvgandan keyin yaxshilab surtib chiqing. 15 daqiqadan soʻng yuvib tashlashingiz mumkin. Sochlaringizni nafaqat mustahkamlaydi balki jilolanib yaltiratadi.

Kiyimlardagi dogʻlarni bartaraf etadi. Kiyimlardagi ter va boshqa dogʻlarni ketkazish uchun aspirin donalarini suvda eritib oʻsh joyiga surtib qoʻying. Keyin odatdagidek yuvib tashlashingiz mumkin kiyimlaringiz asl holatiga qaytadi.

Vannani yaltiratadi. Vannani tozalash uchun 5 dona aspirin tabletkasini tozalash vositasiga qoʻshib ishqalab qoʻying. Yarim soatdan keyin vannani gupka bilan yengil yuvib tashlang.

Atirgulni umrini uzaytiradi. Atirgullar turgan guldonga bir dona aspirin tashlang. Aspirin suda bakteriyalarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi.
