Allergiya kasalligi

Allergiya-so’zi yunoncha bo’lib, ”boshqa, o’zga, begona” degan ma’noni bildiradi. Atrof muhitning allergenlari deb ataluvchi bazi omillar (kimyoviy moddalar, mikkroblar va ularning hayot faoliyatida xosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar) ta’siriga organizmning o’ta sezuvchan bo’lishi xolati allergiyani keltirib chiqaradi. Allergiya kasalliklarining keng tarqalgan turlaridan biri uy-ro’zg’or allergenlaridir. Bular orasida uy changi -gilam,kiyim-kechak, ko’rpa-to’shaklardan chiqadigan chang, zah uylar devorlarida bo’ladigan mog’orlar, uyda uchraydigan qandala, suvarak singari hashorotlar tanasiningmayda qismlari, hayvon junlari va boshqa ifloslangan narsalar allergiya kasalligini keltirib chiqishiga asosiy sabab bo’ladi. Ba’zan kir yuvishda ishlatiladigan turli xil kimyoviy moddalar ham allergiyaga sabab bo’lishi mumkin. Uy-ro’zg’or allergenlari ko’proq nafas yo’llari kasalliklari (bronxil astma, allergik tumov)ni keltirib chiqaradi. Hozirda allergenlarning juda ko’p turlari qatorida uy rangi allergiyalari ham aniqlangan bo’lib, unda ko’z ilg’amas hashorotlar-uy changi kanalari borligi malum bo’lgan. Bu kanalar chang bilan birga, nafas yo’llariga kirib qoladi va kasallik qo’g’atadi. Eng kuchli allergik ta’sir ko’rsatuvchi turlar turlar uchun asosiy ozuqa manbalari odam terisidan ko’chgan yupqa (epidermik) po’stlog’i hisoblanadi, shuning uchun kanalar to’shakka in qo’yadi. Tunda odam uxlayotgan vaqtida bu yerda mitti kanalarning yashashi uchun eng qulay sharoit vujudga keladi. Bu kanalar qulay sharoitga tushishi bilan tezda ko’paya boshlaydi. Shuning uchun va ko’rpa-to’shaklarni ozoda tutib, tez-tez shamollatib turish maqsadga muvofiqdir. Chang yutgich yordamida uyni tozalash, pollarni osh tuzining 20% li eritmasi bilan yuvish ham ushbu kanaga qarshi kurashning eng foydali choralaridan biridir. Ko’rpa, yostiq jildlarini yuvishdan avval ularni tuzning 5-10% li eritmasiga solish ham samarali usul sanaladi.

. Ulardantahsqari yalpi mevazorlar gullaganda, xavoda ortiqcha gul changi ko’payadi va nafas yo’llari orqali o’z ta’sirini ko’rsatadi, yani allergiya boshlanib, birinchi bor tumov shaklida kasallikni keltirib chiqaradi va bosh og’rig’i paydo qiladi.
Eng og’ir o’tadigan allergiya kasalligi- bu dori allergiyasi hisoblanadi. U o’z alomatlariga ko’ra bir necha xil bo’ladi. Kvinki shishi, anafilaktin shok, eshakimi, zardob kasalligi, allaergik dermatitlar shular jumlasidandir. Anobiatik va boshqa og’riq ketkazadigan dorilarni doimiy va me’yordan ko’p istemol qilinganida inson organizmida bu dorilar samara bermasidan aksincha organizm uchun xavf tug’dirib, eng og’ir o’tadigan dori allergiyasini keltirib chiqaradi. Kvinki shishi yuzda, labda, qovoqda, burun atrofida, tanosil organlari to’satdan paydo bo’ladi. uning xalqumda bo’lishi xavfli hisoblanadi. Anafiliktik shok(falaj) bemor ahvolining yomonlashuvidan boshlanadi. Bemor tez-tez bezovta bo’ladi, nafas olishi qiyinlashadi, ketma-ket yo’taladi. So’lak oqishi, qorinda, yurakda og’riq turishi, ko’ngil aynishi, ko’rish, va wshitish qobiligatining pasayishi yoki butunlay yo’qolishi, tana haroratining oshishi, xushdan ketish, qon bosimini pasayib ketishi, anafilaktik shokning asosiy belgilaridir. Bunday paytda o’z vaqtda yordam ko’rsatilmasa, bemorni ahvoli og’irlashi, oqibat fojia bilan tugashi mumkin.
Eshakemida terida asosan pufakchalar paydo bo’ladi, toshma toshishidan oldin terining o’sh joyi qattiq qichiydi, bemorning isitmasoi baland bo’lishi mumkin., bemor xolsizlanadi. Zardob xastaligi allergiyasi ayrim kasallikni davolash maqsadida badanda dorivor zardob yuborish vaemlash myolajasidan so’ng 2-14 kun o’tgach, ba’zi odamlarda bu xastalik paydo bo’lishi mumkin. bunda bemorni ahvoli og’irlashadi, tanasida toshmalar toshadi, xarorati baland bo’ladi, bo’g’inlari og’riydi, lifma tugunlari va xalqum shillikqavatining shishi kuzatiladi. Allergikdermantlari va terining o’tkir yallig’lanishidir, teri ocg qizil ranga kirib shishib turadi, pufakchalar paydo bo’ladi, teri qichishadi, qizib ketgandan tuyuladi, achishadi. Dori-darmol ta’sirida butunlay og’r allergikxastalarga chalinmaslik uchun dorilarni shifokorning maslahati bilan qabul qilish lozim . Shuning uchun tabiat ne’matlaridan oqilona bahramand bo’lgan kishi bu og’ir xastalikdan forig’ bo’ladi.

Kasallikni davolash, Abu Ali ibn Sino allergik kasallikni davolashda yalpiz qaynatmasidan anjir bilan birga istemol qilishni buyurgan, bu kuchli ta’sir etadi, ayniqsa tog’ yalpizi ishlatilsa. qaynatib pishirilgan sholg’omni allergiya boshlanish paytida doimo istemol qilish turilsa ajoyib natija beradi. Allergiya xastaligidan teri pufakchalar bo’lib qizarsa va qichisa, isiriqni qaynatil suviga cho’milishni tavsiya etgan. Buning uchun isiriq mevasi bilan bandini maydalab qaynab turgan suvga solinadi va 2-3 daqiqa qaynatiladi. Ko’k choy rangini olgan bu suvga cho’milish yaxshi samara beradi.
Dori allergiyasi qimiz eng shifobaxsh xususiyatga ega. antibiotiklarni uzoq muddat iate’mol qilish ba’zan modda almashinuvini buzadi, chunki antibiotiklar ichaklarda ”B” guruhiga kiruvchi vitaminlarni hosil qiladigan mikroblarni o’ldiradi. Qimiz esa shunday vitaminlarga boy . Xar kuni ovqatlanishdan oldin 1-2 stakan qimiz iste’mol qilib turish tavsiya etiladi Abu Ali ibn Sinoorganizm boshqa bir tashqi muxitdan ta’sirlanib xaastalansa, har doim iste’mol qilib turish uchun suzmani buyurgan. Inson organizmiga eng keark bo’lgan o’nlab turdagi oqsillar va darmondorilar faqat suzdmada. Xalqimiz avaldan suzmani qurt, ayron, yovg’on xo’rda va boshqa xil taomlar sifatida iste’mol qilgan va shu tufayli ko’p kasalliklarga chalinishdan saqlangan.

Allergiya bilan og’rish radiatsiya ta’sirida organizm qarshiligining susayishi va boshqa shu kabi xastaliklarga chalinish tanada kalsiy moddasining yetishmasligi oqibatida sodir bo’lishi mumkin. Bunda tuxum po’chog’i yordam beradi. chunki u kalsiyga boy bo’ladi. Tuxum po’chog’i radionuklidlarni tanadan chiqaruvchi g’oyatda foydali vosita hisoblanadi. Buning ustiga uning tarkibida tana uchun kerakli bo’lgan mis, ftor, temir fosfor, oltingugurt, kremniy, rux sngari jami 27 xil mikroelementlar mavjud. Xar kuni tuxum po’chog’ini xavonchada yanchib undan yoshga qarab 1.5 gr dan 3 gr gacha tanavul qilsh tavsiya etiladi.
Nafas yo’llari shamollaganda allergiya , bronxit, larengit va boshqa shu kabi kasalliklarda eng foydali davolash usuli- bug’ bilan ingalatysiya qilishdir Amerika Qo’shma Shtatlarida ”CTIM” nomli qulay va ixcham ingalyator ishlab chiqariladi. Unda hammasi bo’lib 50 gr suv ketadi. va bu suv elektor toki yordamida ishlatiladi. Qurilmaga maxsus panjara o;rnatilgan bo’lib, suvning bug’ sig’imi tartibga solishga yordan beradi. Igalatorning og’zi, tashqi tuzilishi yumshoq va shaffof plastmassadan yasalgani sababli chiqayotgan bug’i xavo bilan aralashtirib, tabiiy nafas olishni ta’minlaydi. Idishga solingan suv yarimsoat ingalatsiya qilishga yetadi. suvga yakpiz, tog’rayxon va boshqa dorivor o’simliklarni qo’shish mumkin.
Hindiston noan’anaviy tabobatida qo’llaniladigan yana bir usul, yani hind tabobati Txakkar tomonidan qo’llanilgan inson peshobini ichirib davolash ham ma’lum darjada ma’lum darajada samara bergan. Txakkarning kitoblarida allergiyaga chalingan kishilarga o’zining yoki sog’lom qolramolning peshobidan ichish tavsiya etiladi. Kattalarga o’zining yoki bolalar peshobidan 60-100 gr dan, 10 yoshgacha bo’lgan bolalarga 20-50 gr dan kuniga 2 mahal ovqatdan 30 minut avval ichish tavsiya etiladi.
