Chat GPT: Revolutionizing Conversational AI Geeks

Posted by: Nasiba Posted on: Fevral 3, 2023 Comments: 0

What Is Chat GPT ? Introduction To Chat GPT by SavvyTech Neither ZDNET nor the author are compensated for these independent reviews. Indeed, we follow strict guidelines that ensure our editorial content is never influenced by advertisers. Understandably, many faculty are responding with panic and considering oral assignments or detection tools to combat plagiarism. 5 Ways to Prepare for Microsoft Copilot – UC Today 5 Ways to Prepare for Microsoft…

Gilos haqida

Posted by: Nasiba Posted on: Iyun 27, 2020 Comments: 0

Gilos Bo’yi ba’zan 15-20m ga ham boradigan daraxt. Shoh-shabbasi uncha qalin emas. Barglari tuxumsimon yoki ellipsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, bandli. Gullari oq, diametri 5 sm gacha boradi, to’kilish mahaliga kelganida pushtiroq tusga kiradi. Mevasi-dumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo’ladigan danakli meva, sersuv, etdor, qizil, sariq, pushti yoki deyarli qora rangda. Aprel-may oyida gullaydi, mevalari may-iyunda yetiladi. Gilos mevasida 10% gacha qand moddalari, gemisellyuloza, kletchatka, pektin organik kislotalar, mineral moddalar, shuningdek vitamin…

Bug’doy

Posted by: Nasiba Posted on: Iyun 25, 2020 Comments: 0

Bug’doy Bug’doy bir yillik o’tsimon o’simlik bo’lib, doni uchun hammadan ko’p ekiladigan g’alladir. Donining yumshoq va qattiqligi, rangi, yirik-maydaligi jihatidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha navlari bor. Hammadan qimmatli xossalarga ega bo’lgan ko’pgina yumshoq va qattiq navlari yetishtirib chiqarilgan. Bug’doy eng ko’p tarqalgan g’alla ekinlaridan biri bo’lib viloyatning barcha tumanlarida yetishtiriladi. Yumshoq va qattiq, bug’doy donlarida 12.5% gacha oqsillar, 60% atrofida uylevodlar,1.5%gacha yog’lar, efir moyi, 10 xildan ortiq vitaminlar, necha…

Loviya

Posted by: Nasiba Posted on: Iyun 16, 2020 Comments: 0

Loviya Chirmashib o’sadigan bir yilik o’tsimon o’simlik. Poyasi kalta-kalta tuklar bilan qoplangan yoki yalang’och, uchiga tomon juda xo’p shoxlab boradi. Gullari-kamalak nusxa bo’lib, oq pushtiroq , sarg’ish, ko’kimtirroq yoki binafsharang, shilgillar hosil qiladi. Mevasi-to’g’ri yoki sal bukilgan dukkak (buzoq). Uzunligi har xil katta-kichiklikda va rangda, buyraksimon bo’ladi. May oyidan to sentabrgacha gullaydi, mevalari avgust-suntabrda yetiladi. Loviya donida 22.3 %gacha hosil, jumladan, alishtirib bo’lmaydigan aminokislotali oqsillar, talaygina miqdorda kraxmal, pektin, yog’…

Rovoch nima u?

Posted by: Nasiba Posted on: May 27, 2020 Comments: 0

Rovoch Bo’yi 200 sm ga ham yetadigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi-ko’p boshli bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda, diametri 6 sm gacha boradi, kesilganida rangi sariq bo’ladigan etdor ildiz chiqaradi. Poyalari-mayda egatchali bo’lib, kamroq shoxlaydi, qizg’ish dog’lar bilan qo’plangan. Ildiz oldi barglariyirik, uzuznligi 1.5 sm ga boradigan bandlari bo’ladi. Poyalaridan chiqaradigan barglari navbatma-navbat joylashgan, maydaroq, barg bandlari ham kaltaroq. Gulalari mayda bo’lib, ruvaksimon to’pgullar hosil qiladi. Mevasi-jigarrang-qizil tusli yong’oqcha, uzunligi 10…

Qulupnayning foydali va zararli xususiyatlari

Posted by: Nasiba Posted on: May 21, 2020 Comments: 0

Quluplay Ko’p yillik o’tsimon o’simlik, vegetativ yo’l bilan, jingalaklari yordamida tez ko’payadi. Barglari ildiziga yaqin joylaridan hciqadsi, uch yaproqli, gullari-besh bo’lakli, poyalarining uchlaridan chiqaradi. Gullari kosachasi-ikki qatorli. Mevalari aksari cho’ziq, tuxumsimon shaklda bo’lib, to’q qizil rangda, ko’pincha shirin, juda xushbo’y. Turi va naviga qarab mevalarining rang-tusi och yoki to’qroq bo’lish mumkin. Mevalarining yuza qismida mayda-mayda quruq, mevalari (urug’lari) bo’ladi. Quluplay aprel-mayda gullaydi, mevalari may-iyunda pishadi. Mevalari juda nozik rezavor meva…

Otquloq

Posted by: Nasiba Posted on: May 20, 2020 Comments: 0

Otquloq-bo’yi 150 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. ildiz poyasi kalta bo’lib, kamroq tarmoqlanadigan yo’g’on ildiz chiqaradi. poyasi egatchali bo’lib, to’g’ri o’sadi, uchki qismidan shoxlaydi. Barglari navbatma navbat joylashgan bo’lib pastkilari uchburchak-tuxumsimon nashtarsimon shaklda,bandli. Gullari mayda, ko’rimsiz g’ovaksimon to’pgullar hosil qiladi. Mevasi tuxumsimon shaklda bo’ladigan och jigarrang tusli, uch qirrali yong’oqcha. May- iyunda gullaydi, mevalari iyun-iyulda yetiladi. Bu o’simlikning ildizpoya va ildizlarida antraxinon unumlari, oshlovchi, moddalar, nepodin degan flavonoid,katronlar…

Xushbo’y xidli rayhon

Posted by: Nasiba Posted on: May 18, 2020 Comments: 0

Rayhon-o’ziga xos muattar xidi bo’ladigan, bo’yi 45-80 sm ga boradigan ko’p yillik yoki bir yillik o’tsimon o’simlik yoki yarim buta. Yer yuzida rayhonning 150 ga yaqin turi uchraydi, bular subtropik va tropik mamlakatlarda yovvoyi xolda tarqalgandir. Jahonning ko’pgina mamalakatlarida rayhonning ba’zi turlari efir moylari olish uchun bir yillik ekin tariqasida ekiladi. Ildizi kuchli shoxlanadigan o’simlik. Poyasi tik o’sadi, ko’p shoxlanadi, barglari kalta bandli, ellipssimon yoki tuxumsimon, kalta-kalta oqish tuklar bilan…

Arpabodiyonning foydali tomonlari

Posted by: Nasiba Posted on: May 13, 2020 Comments: 0

Arpabodiyon-efir moyli bir yillik o’tsimon o’simlik. Usti va o’rtadagi barglari mayda bo’laklarga bo’lingan: navbatma-navbat joylashgan qinli dumaloq, buyraksimon yoki yuraksimon. Gullari mayda mayda oq, gultoji tushib ketadigan beshta gulbargdan iborat, o’simlik shoxlarining uchidan to’p gul ko’rinishida chiqadi. Changchisi beshta, urug’chisi ikki ustunchali, tugunchasipastda. Mevalari jigarranga moyil-kulrang, tuxumsimon shaklda ikki urug’lik. Bu o’simlikning o’ziga xos xidi bor, bo’yi 25-60 sm. Iyul-iyun oylarida gullaydi, mevalari avgustda yetiladi. Arpabodiyon mevalarida yog’li moy (…

Yantoq u nima ?

Posted by: Nasiba Posted on: May 8, 2020 Comments: 0

Yantoq-bo’yi 100 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimono’simlikdir. Ildizikuchli rivojlangan, poyasitik o’sadi va unda bir talay tikanlari bo’ladi, poyasining pastki qismi yog’ochlanib boradi. Poyasining pastki qismida joylashgan tikanlari qattiq va kalta bo’lsa, uchki qismida joylashgan tikanlar uzun va yumshoq bo’ladi. Barglari nashtarsimon, qisqa bandli bo’lib, poyalaridan navbatma-navbat joy olgan. Gullari kapalaksimon, binafsha rang, oq pushti yoki qizil. May-sentabrda gullaydi, mevalari avgust-oktabrda yetiladi. Bu o’simlik tarkibida 0.8% efir moyi, steroidlar bor.…